» » Florida tomon harakatlanayotgan “Irma” to‘foni kuchi uchinchi darajagacha pastladi

Florida tomon harakatlanayotgan “Irma” to‘foni kuchi uchinchi darajagacha pastladi


“Irma” to‘foni kuchi uchinchi darajagacha pastladi va ayni vaqtda Kubaning shimoliy qirg‘oqlari bo‘ylab harakatlanishda davom etmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

AQShning To‘fonlardan ogohlantirish bo‘yicha milliy markazi ma’lumotlariga ko‘ra, “Irma” Florida tomon harakati davomida yana kuchayishi mumkin.

Avvalroq “Irma” to‘foni eng yuqori — beshinchi darajagacha kuchaygani haqida xabar berilgan edi.

“To‘fon Kubaning shimoliy qirg‘oqlarini larzaga solishda davom etmoqda. Prognozga ko‘ra, to‘fon Janubiy Florida hamda Florida-Kis arxipelagi tomon harakatlanish vaqtida yana kuchayishi mumkin”, — deya xabar bermoqda markaz.

Tadqiqotchilarning qayd etishicha, “Irma” kamida so‘nggi o‘n yilda Atlantika okeanida yuzaga kelgan eng kuchli to‘fon deb e’tirof etilmoqda. Mutaxassislar fikricha, uning kuchi bir muddat avval Texasga yopirilgan va falokatli suv toshqinlariga sabab bo‘lgan “Xarvi” to‘fonidan yuqoriroq.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (9-09-2017, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют