» » Dunyodagi eng yirik o‘t o‘chiruvchi samolyot topshiriqni bajarish uchun yo‘lga chiqdi (video)

Dunyodagi eng yirik o‘t o‘chiruvchi samolyot topshiriqni bajarish uchun yo‘lga chiqdi (video)


Dunyodagi eng katta o‘t o‘chiruvchi Evergreen 747 Supertanker samolyoti Evergreen International Aviation va Boeing kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan. Asos sifatida dastlab ikki palubali keng fyuzelyajli Boeing 747?200 yo‘lovchi samolyoti olingan, keyin esa — Boeing 747?100. O‘t o‘chirish uchun o‘zgartirilgan model 74200 litr suvni soatiga 970 kilometr tezlikda 6400 kilometrgacha olib bora oladi. Ana shu ko‘rsatkichlari tufayli Evergreen 747 Supertanker dunyodagi eng katta va kuchli o‘t o‘chiruvchi samolyot hisoblanadi.

Biroq samolyot ko‘pincha ishsiz turadi. U 1971-yilda Ispaniyadagi yong‘inni bartaraf etgan, 2010-yilda Isroilda, 2017-yilda Chilida yong‘inni o‘chirgan. Samolyot AQSh tomonidan birinchi marta 2009-yilda qo‘llanilgan. AQSh federal o‘rmon boshqarmasi moliyaviy nuqtai nazardan undan foydalanish uchun rasmiy ruxsat berishga shoshilmaydi. Samolyotni bir kun ishlatish 120 ming dollar turadi, mansabdoorlar esa bunday xarajatni maqsadga muvofiq emas, deb hisoblaydi.

Joriy yilning yozida AQShni kuchli yong‘inlar qurshab oldi. Ularni o‘chirishda ishlatilayotgan odatiy vositalar o‘z samarasini bermayapti. Endi esa olov bilan kiurashish uchun Evergreen 747 Supertanker jo‘natildi, deb xabar bermoqda National Geographic.

Samolyotga yoqilg‘i quyish uchun 30 daqiqa ketadi. Yong‘in joyiga yetib borgach, samolyot suv yoki yong‘indan himoyalovchi vositalarni o‘ziga xos usulda tarqatadi: suv birdaniga tashlanmaydi, balki bir xil maromda sepiladi. Bu obyektlarni zararlanishdan va odamlarni esa jarohatlanishdan asraydi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-09-2017, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют