» » Babayan nazariga tushmagan Vagiz Galiulin Rossiya Premyer-Ligasida mavsumdagi ikkinchi golini urdi

Babayan nazariga tushmagan Vagiz Galiulin Rossiya Premyer-Ligasida mavsumdagi ikkinchi golini urdi


Rossiya Premyer-Ligasining 9-turiga kelib o‘zbekistonlik Vagiz Galiulin mavsumdagi ikkinchi golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

U to‘p suradigan “Tosno” klubi o‘z maydonida Mahachqal’aning “Anji”sini qabul qildi va 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Galiulin hisobda ortda borayotgan jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Bunga qadar Vagiz 4-turda “Arsenal” darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lib, o‘sha gol “Tosno”ning mavsumdagi ilk muvaffaqiyati bo‘lgandi. O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan Galiulinni yig‘inlarga jalb qilmagandi.

“Rostov” ham 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Bosh murabbiy Leonid Kuchuk aynan Samvel Babayan qistovi bilan transfer qilingan Eldor Shomurodovni maydonga tushirmaslikka qaror qildi.

Bugun — 10-sentabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasining yana ikki futbolchisi — Vitaliy Denisov va Vadim Afonin to‘p suradigan “Lokomotiv” hamda “Krasnodar” klublari o‘z uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Rossiya Premyer-Ligasi
9-tur bellashuvlari
9-sentabr, shanba

Gollar: Yevgeniy Markov, 5 (1:0). Aleksandr Prudnikov, 18 (1:1). Oleg Danchenko, 25 (1:2). Vagiz Galiulin, 63 (2:2).

Gollar: Artur Yusupov, 7 (1:0). Luka Jorjevich, 32 (1:1). Luka Jorjevich, 70 (1:2). Timofey Kalachev, 85-pen (2:2).

10-sentabr, yakshanba
“Ufa” — “Krasnodar”
“Axmat” — “Lokomotiv”

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-09-2017, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют