» » Nafaqat iPhone: Medvedev va uning smartfonlari

Nafaqat iPhone: Medvedev va uning smartfonlari


“Import almashinish” ko‘rgazmasida ishtirok etgan Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevga mahalliy Inoi R7 telefoni sovg‘a qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu telefon xorijiy servislarga bog‘lanmagan va uni “aniq o‘chirib qo‘yishmaydi”. Smartfon Finlyandiyaning Jolla kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Sailfish operatsion tizimida ishlaydi, deb xabar berdi  “RIA Novosti”.

2013-yilda ham Medvedevga mahalliy smartfon  YotaPhone sovg‘a qilingan edi. Undan oldinroq prezident lavozimida ishlagan Medvedevga Apple rahbari Stiv Jobs iPhone’ning to‘rtinchi avlodini sovg‘a qilgan edi. “Gazeta.ru” amaldagi bosh vazir shu kunga qadar ishlatgan smartfonlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.

Dmitriy Medvedev va Apple rahbari Stiv Jobs Rossiya prezidentiga sovg‘a qilingan iPhone’ning to‘rtinchi avlodini tomosha qilmoqda, 2010-yil

Dmitriy Medvedev “Import almashinish” ko‘rgazmasiga tashrifi chog‘ida Inoy smartfoni bilan, 2017-yil 12-sentabr

Dmitriy Medvedev Qozondagi Universiadaning yopilish marosimida o‘zining Samsung smartfoni bilan birgalikda, 2013-yil

“Rostexnologiya” korporatsiyasi bosh direktori Sergey Chemezov taqdim etgan smartfon, 2013-yil

Dmitriy Medvedev Qozonda bo‘lib o‘tgan suv sporti bo‘yicha jahon chempionatida o‘zining Apple kompaniyasiga tegishli smartfoni bilan, 2015-yil

Dmitriy Medvedev “Gorki” qarorgohida telefon orqali suhbatlashmoqda, 2011-yil

Dmitriy Medvedev Qozonda bo‘lib o‘tgan suv sporti bo‘yicha jahon chempionatida o‘zining Samsung kompaniyasiga tegishli smartfoni bilan, 2015-yil

Dmitriy Medvedev MDUning jurnalistika fakulteti talabalari bilan uchrashuvida o‘zining Apple smartfoni bilan, 2012-yil

 

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-09-2017, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 112) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют