» » Katta farq: nega aholi dollarni konversion kartalarga xarid qilishni hozircha istamayapti?

Katta farq: nega aholi dollarni konversion kartalarga xarid qilishni hozircha istamayapti?


Markaziy bank so‘mni “erkin suzish”ga qo‘yib yuborganligiga bir hafta bo‘ldi va valyuta konvertatsiyasi yuridik shaxslar uchun ham, jismoniy shaxslar uchun ham hech qanday cheklovlarsiz amalga oshirilmoqda. Uz24 ekspert Aleksandr Davletovning valyutani konversion kartaga xarid qilishi borasidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.

Valyutani xarid qilish yoki sotish bo‘yicha yuridik shaxslar tomonidan hozircha hech qanday muammoli masalalar yuzaga kelmayapti.

Konvertatsiya “ochilganligi”ning birinchi kunlari aholi tomonidan ajiotaj kuzatilgan va almashuv punktlarida valyuta sotish bo‘yicha navbatlar yuzaga kelgan bo‘lsa, hozir valyuta vasvasasi yo‘qqa chiqdi. Tijorat banklarining ma’lum qilishicha, rasmiy almashuv kurslari ochilgan birinchi kun bilan taqqoslaganda jismoniy shaxslarning valyuta xarid qilish hajmi bir necha marotaba pasayib ketgan — bunga operatsion kunlar va ish rejimining uzaytirilishi ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmagan.

Aholi tomonidan chet el valyutasi sotib olish hajmining pasayishi — ehtimol normal holatdir. Biroq tijorat banklarida 8 000 so‘mdan bo‘lgani holda “qora” bozorda naqd dollar 8 050 so‘mdan ortiqqa xarid qilinayotganligi fakti sergaklantiradi. Shu tariqa, “qora” bozor valyuta siyosatining o‘zgarishiga javob qaytardi, tijorat banklari esa real konyunkturadan ortda qola boshladi. Yangi 50 minglik kupyura effekti massani hal qilishga ortiq ta’sir ko‘rsatmayapti. Ehtimol naqd dollarni almashtirish bo‘yicha tranzaksiya va muomalaning ma’lum bir qismi yana “qora” bozorga qaytgandir? O‘ylanishga arziydi.

Ayni paytda, qayta-qayta tushuntirishlar, jumladan Markaziy bank tushuntirishlariga qaramasdan, jismoniy shaxslar birinchi navbatda valyutaning faqat konversion kartalar orqali sotilayotganidan shikoyat qilmoqda. Chetdan qaraganda, bu yosh bolalar injiqligidek ko‘rinishi mumkin, biroq hisob-kitob qilib ko‘rilganda, ular qisman haq ekanligini ko‘rish mumkin.

Konversion kartalar yordamida valyuta xarid qilish tannarxi kalkulyatsiyasi

Hisob-kitoblar Markaziy bank saytida taqdim etilgan ma’lumotlar, shuningdek, tijorat banklari tariflari asosida keltirilgan.

Agar mijoz — jismoniy shaxs konversion kartaga 200 dollar xarid qilsa, ular unga sug‘urta depozitini hisobga olganda 1 dollari 9 175,99 so‘mdan, sug‘urta depoziti hisobga olinmaganda esa 1 dollari 10 201,98 so‘mdan tushadi. Xarid summasining oshib borishi bilan dollar kursining “sof tannarxi” asta-sekin pasayib boradi. Masalan, konversion operatsiya hajmi 1000 dollarni tashkil qilsa, mijoz bir dollar uchun sug‘urta depozitini hisobga olganda 8 419,93 so‘m yoki sug‘urta depozitini hisobga olmaganda bir dollar uchun 8 449,93 so‘m to‘laydi.

Shu bilan bir paytda “qora” bozordagi sotuvchilar valyutani o‘rtacha 8 200 so‘m kurs bo‘yicha sotmoqda. Natija ravshan.

Nima qilish kerak?

Hech qanday holatda ba’zilar tavsiya qilayotgandek tijorat banklarining komission to‘lovlarini pasaytirish yoki xizmatni tekin qilib qo‘yish kerak emas — buni bozor hal qilishi lozim. Tijorat banki daromad qilmasa, tijoratlashtirish, u bilan birga rag‘bat ham o‘ladi.

Birinchidan, talab va taklifga qarab tijorat banklarida valyuta sotish va xarid qilish o‘rtasidagi farqni pasaytirish zarur. Valyuta xavfini banklarning o‘zi boshqarishi lozim, prezidentning 2-sentabr kungi farmoni ularga ana shunday huquqni beradi. Ya’ni banklar bozor amaliyotiga qarab xarid qilish va sotish kurslarini tezkor o‘zgartirib borishi lozim. Masalan, bugun jismoniy shaxslardan valyuta sotib olish kursi “qora” bozordagidan bir necha o‘n so‘mga arzon. Shunday ekan, tijorat banklarida jismoniy shaxslarga valyuta sotish kursi (tannarxni hisobga olganda) “qora” bozornikidan bir necha o‘n — ehtimol yuz so‘mga balandroq.

Ikkinchidan, jismoniy shaxslar biror bir bankning konvertatsion kartasiga ega bo‘lsa, ularga istalgan bankda valyutani ushbu kartalarga o‘tkazish yo‘li bilan xarid qilish imkoniyatini berish kerak. Bu valyuta xarid qiluvchilarning tranzaksion xarajatlarini kamaytiradi.

Va nihoyat, uchinchidan, konversion kartalar orqali onlayn-xaridlarni amalga oshirish va valyutani chet eldagi jismoniy shaxslar nomiga o‘tkazishga ruxsat berish kerak. Birinchi navbatda, farzandlarining ta’lim olishiga qonuniy yo‘l bilan pul o‘tkazishni istovchilarga.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-09-2017, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют