» » Lola Karimova-Tillayeva Parijda o‘zining iqlim o‘zgarishiga bog‘liq “Droplet” loyihasini taqdim etdi (foto)

Lola Karimova-Tillayeva Parijda o‘zining iqlim o‘zgarishiga bog‘liq “Droplet” loyihasini taqdim etdi (foto)


Lola Karimova-Tillayeva Suv resurslarini asrash hamda iqlim o‘zgarishining halokatli oqibatlaridan jamoatchilikni xabardor qilishga bag‘ishlangan “Droplet” nomli loyihasini taqdim etgan edi. Loyiha tafsilotlarini esa u o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Droplet” nomli EKO ART loyihamizni Parijning tarixiy markazidagi mashhur Monnaie de Paris muzeyida shu kunlarda bo‘lib o‘tayotgan AD INTERIEURS 2017 ko‘rgazmasi doirasida namoyish etish imkoniyatidan mamnunmiz.

Rassom Markos Lyutens bilan hamkorlikda yaratilgan mazkur art-obyekt tomchi ko‘rinishidagi metal konstruksiyasidan iborat. Installyatsiyaning interaktivligi shundaki, unda suvning tovushi, ifori va taftini his etish mumkin. Shuningdek, unda global isishning ta’siri haqida ma’lumot beriladi.

Ko‘rgazma Monnaie de Paris muzeyida 20-sentabrgacha bo‘lib o‘tadi. (Mus?e de la Monnaie de Paris; 11, Quai de Conti 75006) Cond? Nast Publications nashriyot uyining Prezidenti va ijrochi direktori Xaver Romatet va AD (Architectural Digest) Magazine jurnalining bosh muharriri Mari Kaltga EKO art loyihamizni qo‘llab-quvvatlaganlari uchun samimiy minnatdorligimni bildiraman. AD Magazine jurnali tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmada installyatsiyamizning keng fransuz jamoatchiligiga namoyish etilishi global isish masalalariga e’tibor jalb qilish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi.

Lola Karimova-Tillayeva 

“Droplet” loyihasi haqidagi batafsil ma’lumotga http://www.lolakarimova.com/news/droplet internet manzili orqali ega bo‘lishingiz mumkin.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (15-09-2017, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют