» » Yaponiya Shimoliy Koreyaga “misli ko‘rilmagan darajada” bosim o‘tkazilishi haqida ogohlantirdi

Yaponiya Shimoliy Koreyaga “misli ko‘rilmagan darajada” bosim o‘tkazilishi haqida ogohlantirdi


Yaponiya tashqi ishlar vazirligi AQSh va Janubiy Koreya bilan birgalikda KXDR rahbariyatiga “misli ko‘rilmagan darajada” bosim o‘tkazishni rejalashtirayotgani haqida ogohlantirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda. 

“Tomonlar KXDR tomonidan davom ettirilayotgan fitnalarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi va oxirgi raketa uchirilishi munosabati bilan keskin choralar ko‘rilishi zarurligi to‘g‘risida bir to‘xtamga keldi. Shuningdek, tomonlar ‘Yaponiya—AQSh’, ‘Yaponiya—Janubiy Koreya’ va ‘Yaponiya—AQSh—Janubiy Koreya’ formatlarida shu paytgacha misli ko‘rilmagan darajada bosim o‘tkazish va KXDRni siyosatini o‘zgartirishga majburlash to‘g‘risida kelishib oldi”, — ma’lum qildi Yaponiya TIV. 

Vazirlik Yaponiya TIV Osiyo va Okeaniya departamenti boshlig‘i Kendzi Kanasugining AQSh Davlat departamenti maxsus vakili Jozef Yun va Janubiy Koreya TIV maxsus vakili Kim Xon Gyun bilan muzokaralaridan so‘ng shunday bayonot berdi. 

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-09-2017, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют