» » O‘zbekistonda suyultirilgan gaz aholiga bir xil narxda sotiladi

O‘zbekistonda suyultirilgan gaz aholiga bir xil narxda sotiladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta bozorini liberallashtirish sharoitida iqtisodiyot tayanch tarmoqlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning birinchi galdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Mazkur hujjat bilan “O‘zbekneftgaz”, “O‘zbekenergo” va “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatlarining O‘zbekston tiklanish va taraqqiyot fondi kreditlari bo‘yicha majburiyatlari restrukturizatsiya qilindi. Asosiy qarz, foiz to‘lovlari, shuningdek, 1-sentabr holatiga muddati o‘tgan qarzdorlikni so‘ndirish muddati 4 yilga kechiktirildi.

“O‘zbekneftgaz”, “O‘zbekenergo”, “O‘zkimyosanoat” va “O‘zkimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatlari tarkibiga kiruvchi korxonalarning umidsiz debitorlik va kreditorlik qarzlari hisobdan chiqariladi.

Shuningdek, 2016-yilda tugatilgan fermer xo‘jaliklarining xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar oldidagi qoldiq qarzlari ham hisobdan chiqariladi.

Joriy yil 10-sentabrdan boshlab mamlakat bo‘ylab aholiga sotish uchun suyultirilgan gazga bir xil narx o‘rnatiladi.

Ma’lumot uchun, suyultirilgan gaz aholiga 1994-yildan beri shartnomaviy (erkin) narxlarda sotilayotgandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-09-2017, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют