» » London metrosida portlagan bombaning tarkibida zararli elementlar bo‘lgan

London metrosida portlagan bombaning tarkibida zararli elementlar bo‘lgan


15-sentabr kuni Londonning Parsons Green metro bekatida ishga tushgan qo‘lbola portlovchi qurilmaning tarbikida zararli elementlar hamda katta miqdorda portlovchi modda bo‘lgan. Bu haqda Skotlend-Yard rahbari Kressida Dik LBC radiostansiyasiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.

“U juda xavfli bomba bo‘lgan va qisman portlashni amalga oshirgan”, — dedi Skotlend-Yard rahbari. Dikning so‘zlariga ko‘ra, bomba “katta miqdorda portlovchi modda va kartech bilan to‘ldirilgan”. “Shuning uchun vaziyat bundan ham yomonroq bo‘lishi mumkin edi”, — deya qo‘shimcha qildi politsiya ofitseri.

15-sentabr kuni Londonning Parsons Green metro bekatida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 30 kishi jarohat olgan edi. Terakt yuzasidan mas’uliyatni IShID o‘z zimmasiga olgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-09-2017, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют