» » Paxtadan qaytayotgan o‘qituvchi va shifokorlar, Muborak va Olmaliqdagi gazdan zaharlanish, Mirziyoyevni tabriklagan Tramp va kunning boshqa muhim xabarlari

Paxtadan qaytayotgan o‘qituvchi va shifokorlar, Muborak va Olmaliqdagi gazdan zaharlanish, Mirziyoyevni tabriklagan Tramp va kunning boshqa muhim xabarlari


22-sentabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni AQShga tashrifi bilan qutladi. Tabrik maktubi O‘zbekiston Prezidenti sharafiga 21-sentabr kuni tashkil etilgan O‘zbekiston va AQSh ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida o‘tkazilgan qabul marosimida o‘qib eshittirildi.

2. “Kechasi uchda qo‘ng‘iroq qilib, uyga qaytishimizni aytishdi”. Oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va talabalari paxta terimidan qaytarilmoqda.

3. Muborak gazni qayta ishlash zavodining 3 ishchisi gazdan zaharlanib halok bo‘ldi. Olmaliqda yuz bergan zaharlanish oqibatida esa 20 nafardan ortiq odam jabrlangan, qurbonlar yo‘q.

4. Prezident almashgach, O‘FF hisob raqamiga kelib tushadigan pullar haqida axborot berishni boshladi. Shuningdek, 10 yil davomida O‘zbekiston terma jamoasi fan-klubini boshqarib kelgan futbol fanati Abdurahmon Fozilov o‘z xohishiga ko‘ra ishdan ketdi.

5. Istanbuldan Toshkentga uchib kelgan ayol oyoq kiyimiga yashirgan 20 ming dollar qalbaki bo‘lib chiqdi. Buni qalbaki kupyuralarni aniqlashga ixtisoslashgan valyuta detektori ham tasdiqladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-09-2017, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют