» » “Irma” to‘foni sabab Kubada sut emizuvchilarning bir turi qirilib ketdi

“Irma” to‘foni sabab Kubada sut emizuvchilarning bir turi qirilib ketdi


Sentabr oyining boshida Kubaga yopirilgan “Irma” to‘foni sabab orolda sut emizuvchilarning butun boshli bir turi qirilib ketdi. Katta quloq Kuba kalamushlari (Capromys auritus) tabiiy ofat qurboniga aylandi. Bu haqda Juventud Rebede gazetasiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Ushbu kemiruvchilar faqatgina bir joyda — Kuba shimoliy qirg‘oqlaridagi Kayo-Fragoso orolida yashagan. Ularning uzunligi 28 santimetrga, dumining uzunligi esa 18 santimetrga yetgan. Og‘irligi esa 1—1,5 kilogramm bo‘lgan.

Olimlarning so‘zlariga qaraganda, katta quloq kemiruvchilari anchadan buyon qirilib ketish xavfi ostida bo‘lgan. “Irma” to‘foniga qadar Kayo-Fragosoda bu turdagi sut emizuvchilardan 88 ta atrofida qolgan. Hozirda biologlar kalamushlarning faqatgina ikki donasini topishga muvaffaq bo‘ldi, ammo ular yashab keta olmaydi. To‘fon oqibatida bir necha metrlik to‘lqinlar orolga yopirilgan bo‘lib, kemiruvchilar istiqomat qiladigan mangra o‘rmonlarini suv ostida qoldirgan.

Shuningdek, Kayo-Fragoso orolida istiqomat qiluvchi yuzlab iguanalar qirilib ketgan, orol bo‘yidagi ko‘plab korall va dengiz o‘simliklariga zarar yetgan.

8—10-sentabr kunlari Kuba shimoliy qirg‘oqlariga yopirilgan “Irma” to‘foni 10 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Minglab uylar suv ostida qoldi, qishloq xo‘jaligiga jiddiy zarar yetdi, turistik tuzilmalar jabr ko‘rdi.

Fan, texnologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi mutaxassislarining ma’lum qilishicha, to‘fon oroldagi mangra o‘rmonlariga zarar yetkazgan. Ayniqsa, Kaguanes milliy bog‘idagi mangralar jiddiy zararlangan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-09-2017, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют