» » Qozog‘iston avtosanoati vakillari iqtisodiyot vaziriga O‘zbekiston bozoriga kirishdagi muammolardan nolidi

Qozog‘iston avtosanoati vakillari iqtisodiyot vaziriga O‘zbekiston bozoriga kirishdagi muammolardan nolidi


Qozog‘iston avtomobil tarmog‘i korxonalari uyushmasi “KazAvtoprom” mamlakat iqtisodiyot vaziri Timur Sulaymonovga O‘zbekiston bilan hamkorlik istiqbollaridan tashvish bildirilgan maktub yo‘lladi. Bu haqda EADaily xabar bermoqda.

19-sentabrda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada tartibga solish choralari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi. Qozog‘iston avtosanoati unda mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining O‘zbekiston bozoriga kirib borishida muayyan qiyinchiliklarni ko‘rdi.

“Hujjat matni Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan avtomobil texnikasi uchun aksiz stavkalarini kub santimetr uchun 2,4 dollar qiymatida saqlanib qolinishini nazarda tutadi. Rossiya va Ukraina hududidan avtomobillar importida esa bojxona qiymatining 2 foizi miqdoridagi ramziy aksiz stavkasi belgilangan. Boshqacha qilib aytganda, loyiha shu tahrirda tasdiqlanishi bilan O‘zbekiston bozori Qozog‘iston avtoishlab chiqaruvchilari uchun yopiqligicha qoladi, ularning mahsuloti esa raqobatdan mahrum bo‘ladi”, — deyiladi maktubda.

Uyushmaga ko‘ra, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida avtomobil texnikasi yetkazib berishdagi tengsizlik salkam 15 yildan beri saqlanib kelmoqda. 1996-yildan beri O‘zbekiston avtosanoati korxonalari Qozog‘iston bozoriga umumiy qiymati 720 million dollarga teng 85 mingdan ortiq avtomobil eksport qildi. Bu mahsulotlarga Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tishda bojxona boji va aksizlar qo‘llanmaydi. Qozog‘iston avtomobil texnikasining O‘zbekiston bozoriga yetkazib berilishi esa nolga teng — qat’iy bojxona-tarif to‘siqlari qo‘yilgan.

Shu munosabat bilan Qozog‘iston avtosanoati mahsulotlari borasida O‘zbekistondagi tarif siyosati qayta ko‘rib chiqilishi, ularning bozorga kirib borishida ko‘mak berilishi yoki qo‘shni davlatga nisbatan javob choralari qo‘llanishi so‘ralgan.

Ma’lumot uchun, Toshkent yaqinda bo‘lib o‘tgan qo‘shma biznes-forumda O‘zbekiston bozoriga Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan Lada mashinalarini yetkazib berish masalasi ko‘tarilgandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (26-09-2017, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют