» » O‘zbekistonda boshlangan sovuq kunlar, qo‘lga olingan Nurulloh Muhammad Raufxon, Toshkentda otilgan it va kunning boshqa muhim xabarlari

O‘zbekistonda boshlangan sovuq kunlar, qo‘lga olingan Nurulloh Muhammad Raufxon, Toshkentda otilgan it va kunning boshqa muhim xabarlari


28-sentabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. O‘zbekistonga shimoldan sovuq havo massasi kirib kelmoqda. Havo harorati kechasi 0 darajagacha pasayadi. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.

2. IIBB: Yozuvchi Nurulloh Muhammad Raufxon qidiruvda bo‘lgani uchun 27-sentabr kuni Toshkentga qo‘nishi bilan qo‘lga olindi. Unga 86 million so‘mgacha jarima yoki 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

3. “Nima uchun farzandlarimiz bu shafqatsizlikka guvoh bo‘lishi kerak?”. Daydi itning otilishi toshkentliklarni g‘azablantirdi. Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Shuhrat Abrorov daydi hayvonlarni tutish xizmatlari faoliyatini to‘xtatishga ko‘rsatma berdi.

4. O‘zbekistonda musodara qilingan yaroqsiz avtomobillar utilizatsiya qilinadi. 20 va undan ko‘p yil foydalanilgan va yaroqsiz deb topilgan mashinalar haq to‘lash evaziga utilizatsiya tashkilotlariga topshirilladi.

5. OTB 2017-yil uchun O‘zbekiston YaIMining o‘sish prognozini pasaytirdi. Shu bilan birga, Osiyo Taraqqiyot Banki O‘zbekistondagi inflyatsiya prognozini 2017-yil uchun 9,5 foizdan 11 foizgacha, 2018-yil uchun 10 foizdan 12 foizgacha ko‘tardi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-09-2017, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют