» » Kiyim va poyabzallar uzoqroq xizmat qilishiga yordam beruvchi 6 foydali maslahat

Kiyim va poyabzallar uzoqroq xizmat qilishiga yordam beruvchi 6 foydali maslahat


Bu sirlar buyumlarning yangi ko‘rinishini saqlab qolishga yordam beradi.

Kolgotkalardagi chiziqchalar yoki teshikchalarga tirnoqlar uchun rangsiz lakni surib qo‘yish mumkin. Albatta, bunday usul muammoni bartaraf qila olmasa ham, har holda u kengayib ketmasligining oldini oladi.

Lak surish tugmaning uzilib ketmasligiga ham yordam beradi. Uni tugma tikilgan iplarga suring va bu iplarning tezroq uzilib ketmasligini ta’minlaydi.

Agar kiyimdagi zanjirsimon yopgich yaxshi ishlamay qolsa, unga sovun suring. Bu uning erkin harakatlanishiga yordam beradi.

Baxmalsimon charmdan qilingan oyoq kiyimni tirnoqlar uchun egovcha yordamida tozalash mumkin. Agar oyoq kiyim juda kir bo‘lsa, uni bir necha soniya davomida bug‘ ustida tutib turing, keyin esa egovchani ishga soling.

Charm oyoq kiyimni sirkaga botirilgan tish cho‘tkasi yordamida tozalash mumkin. Bu ayniqsa qishda, oyoq kiyimning ustida oq dog‘lar paydo bo‘lganda asqotadi.

Laklangan charm oyoq kiyim ustida paydo bo‘lgan qoramtir chiziqlarni vazelin surilgan paxta yordamida tozalash juda oson.

Kiyimlar uchun qopchalarni eski yostiq jildlaridan qilish mumkin. Buning uchun chokli kalta tomonidan kiyim ilgichlar uchun teshikchalar kesish, qarama-qarshi tomoniga esa — yopishtirgichlar mahkamlash kerak.

Bunday qopchalarning odatdagi plastik qopchalardan afzalligi shundaki, ular ichidagi namlikni ushlab qolmaydi, shu bilan kiyimni mog‘ordan himoya qiladi.

Manba: “Passion.ru”

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (29-09-2017, 00:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют