» » Tereza Mey terrorchilik, kiberjinoyatchilik va Rossiyani Yevropa uchun asosiy xavf deb atadi

Tereza Mey terrorchilik, kiberjinoyatchilik va Rossiyani Yevropa uchun asosiy xavf deb atadi


Yevropa kuchayib borayotgan tahdidlar, xususan, terrorchilik, kiberjinoyatchilik va Rossiya tajovuzi qarshisida turibdi. Bu haqda Tallinda o‘z ishini boshlagan Yevroittifoqning raqamli texnologiyalari bo‘yicha sammiti arafasida Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Terrorchilikdan kiberjinoyatchilikkacha, noqonuniy migratsiyadan Rossiya tajovuzigacha — biz, yevropaliklar oldida turgan tahdidlar ko‘lamli va murakkab bo‘lib bormoqda. Bunga birgalikda qarshi turish manfaatlarimiz uchun xizmat qiladi”, — ta’kidladi Mey.

Bosh vazir Britaniyaning Yevropa xavfsizligini ta’minlashdagi muhim o‘rnini qayd etdi.

“Buyuk Britaniya Yevropadagi yirik mudofaa budjeti, keng diplomatik tarmog‘i, dunyo miqyosidagi xavfsizlik xizmatlari, razvedka va huquq-tartibot idoralariga ega, NATOning asosini tashkil etadi. Uning Yevropa mudofaasini ta’minlashdagi o‘rni har qachongidan muhim bo‘lib turibdi”, — ta’kidladi bosh vazir.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-09-2017, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют