» » Toshkentda Mobicon 2017 mobil konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Mobicon 2017 mobil konferensiyasi bo‘lib o‘tdi


27-sentabr kuni Toshkentda Mobicon 2017 xalqaro mobil konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Joriy yilda ikkinchi marta bo‘lib o‘tgan tadbir Ledokol Group kompaniyasi tomonidan International Hotel Tashkent mehmonxonasida tashkil etildi.

Umumiy hisobda tashkilotchilar ishtirok uchun 2 mingdan ortiq talabnoma oldi. Qiziqish bildirgan ko‘plab tinglovchilar Mobicon’ga tashrif buyurib, ikki konferens-zalda parallel ravishda o‘tkazilgan mobil sohasi ekspertlarining bahslariga guvoh bo‘ldi. Birinchi marta Google, “Yandeks” va “Odnoklassniki” kompaniyalari vakillari bir tadbir doirasida chiqish qildi. Bundan tashqari, konferensiyada Qozog‘istondan tashrif buyurgan maxsus mehmonlar — 2016-yildagi USENET va Mobicon’dagi chiqishi bilan e’tibor qozongan Viktor Yeliseyev (Select Communication Group) va Konstantin Gorojankin (Qozog‘iston internet biznesi va mobil tijorat uyushmasi) chiqish qildi.

Tashkilotchi kompaniya — Ledokol Group asoschisi Dilshod Muzaffarov O‘zbekiston media bozori haqidagi “Uyqudagi ajdar uyg‘onadimi?” nomli ma’ruza bilan chiqish qildi. SMM trendlari haqidagi ma’lumotlar bilan Belarusning UFOX kompaniyasi asoschilari Sergey Serdyukov va Aleksey Kupreyev o‘rtoqlashdi. Mahalliy ekspertlar orasidan Akmal Raimovning SMM’ning O‘zbekistondagi o‘ziga xosliklari, Rustam Fayziyevning Telegram orqali Click to‘lovlarini amalga oshirish haqidagi, shuningdek, videoblogerlar Sardor Salomov (“GO.uz”) va Javlon Asatullayevning (In Da House) chiqishlari diqqatga sazovor.

Konferensiyaning bosh homiysi Beeline Uzbekistan kompaniyasi bo‘ldi. Konferensiya O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining rasmiy ko‘magida o‘tkazildi.

Joriy yilda tadbir alohida tantana bilan o‘tkazildi, bu o‘zbekistonliklarning mobil texnologiyalarga qiziqishini ko‘rsatadi. Taniqli spikerlar konferensiya doirasida nafaqat chiqishlar qildi, balki ishtirokchi va tinglovchilar bilan jonli muloqot ham qildi.

“Daryo” ushbu tadbirning axborot hamkori hisoblanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-09-2017, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют