» » Xorazmda valyutafurushlar qo‘lga olindi (video)

Xorazmda valyutafurushlar qo‘lga olindi (video)


Milliy xavfsizlik xizmati Xorazm viloyat boshqarmasi, viloyat IIB hamda Bosh prokuratura huzuridagi departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida Qo‘shko‘pir tumanida o‘tkazgan tezkor tadbirda Urganch shahrida istiqomat qiluvchi Davron Ro‘zmetov 6100 AQSh dollarini 8200 so‘mdan jami 50 million 020 ming so‘mga sotayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar berdi.

Shuningdek, Davron Ro‘zmetovning yonida 2323 AQSh dollari va 5000 Rossiya rubli borligi aniqlanib, umumiy miqdorda 8423 AQSh dollari va 5000 Rossiya rubli daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.

Shovot tumanida istiqomat qiluvchi Safarboy Nurjonov 5800 AQSh dollarini 8070 so‘mdan jami 46 million 806 ming so‘mga sotib olayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Tadbir jarayonida unga tegishli 850 AQSh dollari, 56000 Qozog‘iston tengesi, 1500 Rossiya rubli va 53 ming o‘zbek so‘mi daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.

Ushbu holatlar bo‘yicha Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan Davron Ro‘zmetov va Safarboy Nurjonovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 177-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-09-2017, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют