» » Ispaniya politsiyasi Kataloniya mustaqilligi referendumidagi saylov urnalari va byulletenlarini olib qo‘yishga kirishdi

Ispaniya politsiyasi Kataloniya mustaqilligi referendumidagi saylov urnalari va byulletenlarini olib qo‘yishga kirishdi


Ispaniya Milliy gvardiyasi va Fuqarolik gvardiyasi kuchlari Kataloniya mustaqilligi masalasida o‘tkazilayotgan referendum saylov uchastkalaridan saylov urnalari va byulletenlarini olib qo‘ymoqda. Bu haqdagi xabarlarni Ispaniya ichki ishlar vaziri Xuan Ignasio Soido tasdiqladi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

“Milliy politsiya saylov urnalarini olib qo‘yish orqali yuridik ko‘rsatmalar va noqonuniy referendum yuzasidan qabul qilingan qonunlar talablarini bajarmoqda”, — dedi Ispaniya IIV rahbari.

Vazirlik rahbari Twitter’da agentlar saylov uchastkasidan saylov byulletenlarini olib chiqayotgani aks etgan videoni ham e’lon qildi. Saylov uchastkasi oldida to‘plangan olomon esa norozilik bildirmoqda.

Soido tomonidan e’lon qilingan boshqa bir fotosuratda esa olib qo‘yilgan urnalar va byulletenlarni ko‘rish mumkin. “Politsiya va Fuqarolik gvardasi sud ko‘rsatmasiga muvofiq harakat qilmoqda. Bu olib qo‘yilgan dastlabki urnalar va byulletenlardir”, — deydi vazir.

Kataloniya mustaqilligi bo‘yicha referendum mahalliy vaqt bilan 9:00 da (Toshkent vaqti bilan 12:00 da) boshlangan bo‘lib, 20:00 ga (Toshkent vaqti bilan 23:00 ga) qadar davom etadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (1-10-2017, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют