» » Toshkent aeroportida qo‘lga olingan yozuvchi Nurullo Otaxonov hibsdan ozod etildi

Toshkent aeroportida qo‘lga olingan yozuvchi Nurullo Otaxonov hibsdan ozod etildi


27-sentabr kuni Toshkent xalqaro aeroportda qo‘lga olingan yozuvchi Nurullo Otaxonov (Nurulloh Muhammad Raufxon) hibsdan ozod etildi. Bu haqda, “Kun.uz”ning yozishicha, uning o‘g‘li Fayzullaxon Otaxonov Nurullo Otaxonovning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilgan.

“Yashnobod tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘zining xizmat mashinasida ‘Toshturma’dan chiqarib, eshigimiz tagiga qo‘yib ketgan”, — deyiladi Facebook’da Nurullo Otaxonovning o‘g‘li tomonidan qoldirilgan xabarda.

Avvalroq Toshkent shahar IIBB Nurullo Otaxonovga nisbatan qidiruv 11-may kuni e’lon qilingani, shu sababli u 27-sentabr kuni, Toshkent qo‘nishi bilan qo‘lga olingani haqida axborot bergan edi. Nurullo Otaxonov so‘nggi ikki yildan beri Turkiyada yashab kelayotgan edi.

Mavzuga doir: IIBB: Yozuvchi Nurulloh Muhammad Raufxon qidiruvda bo‘lgani uchun 27-sentabr kuni Toshkentga qo‘nishi bilan qo‘lga olindi

Nurullo Otaxonovning qo‘lga olinishiga unga nisbatan sirtdan Jinoyat kodeksining 159-moddasi (“O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, 159-moddaning 1-qismi, 244-1-moddaning 3-qismi “g” bandi bilan ayblov e’lon qilinib, qidiruvga berilgani sabab bo‘lgan.

Mavzuga doir: 86 mln so‘mgacha jarima yoki 8 yilgacha mahkumlik. Yozuvchi Nurulloh Muhammad Raufxonga nisbatan qaysi moddalar bo‘yicha ayblov e’lon qilingan?

Nurullo Otaxonov Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi Oyimcha Qaqir qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning o‘zbek filologiyasi bo‘limini tamomlagan. “Yo‘l boshida”, “Dunyo keng”, “Shu yerlik kishi” kabi qissa va hikoyalar to‘plamlari e’lon qilingan. Uning sevgi mavzusidagi “Oq bino oqshomlari” hikoyasi “Sharq yulduzi” jurnalida chop etilgach, “Yilning eng yaxshi hikoyasi” deb topilgan.

Ushbu hikoya asosida “Oq bino oqshomlari” badiiy filmi suratga olingan. Yozuvchi turk, gruzin, xitoy va rus adabiyotidan bir qator asarlar tarjima qilgan. ?zuvchi keyingi 25 yil mobaynida “Yoshlik” (bo‘lim mudiri), “Mushtum” (mas’ul kotib), “Sharq yulduzi” (bo‘lim mudiri), “Hidoyat” (bosh muharrir) kabi turli jurnallarda hamda “Movarounnahr” nashriyotida (bosh direktor) ishlagan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-10-2017, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют