» » Britaniyada samolyotning dvigateli o‘rnatilgan avtomobil sinovdan o‘tkazildi (video)

Britaniyada samolyotning dvigateli o‘rnatilgan avtomobil sinovdan o‘tkazildi (video)


Bloodhound yuqori tovushli avtomobilini ishlab chiqqan jamoa YouTube’dagi kanaliga reaktiv dvigatel o‘rnatilgan mashina sinovi aks etgan videoni joyladi. “RIA Novosti” mazkur videoga e’tibor qaratdi.

Bloodhound’ga o‘rnatilgan Eurofighter Typhoon qiruvchisining EJ200 reaktiv dvigateli jamoa uchun katta muvaffaqiyat bo‘ldi.

Sinov uchun mashina Nyuki-Kornuoll aeroportidagi yo‘laklardan biriga mahkamlandi. Haydovchi Endi Grin dvigatelning faoliyatini kabinadan boshqardi.

Avtomobilga o‘rnatilgan datchiklarning ko‘rsatkichlari sinov vaqtida dvigatel forsaj rejimiga o‘tishga muvaffaq bo‘lganini ko‘rsatdi.

Oktabr oyining oxirida ishlanma mualliflari Bloodhound’ni trassada sinashni rejalashtirmoqda. Ularning hisob-kitobiga ko‘ra, sinovlar vaqtida avtomobil soatiga 320 kilometr tezlikka erishishi kerak.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (1-10-2017, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют