» » Rossiya Qirg‘izistonga ikkinchi harbiy bazasini joylashtirish yuzasidan muzokara olib bormoqda

Rossiya Qirg‘izistonga ikkinchi harbiy bazasini joylashtirish yuzasidan muzokara olib bormoqda


Rossiya Qirg‘iziston hukumati bilan mamlakat hududiga ikkinchi harbiy bazasini joylashtirish yuzasidan muzokara olib bormoqda. Bu haqda Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isoqovning so‘zlariga asoslanib, “Kommersant” xabar bermoqda.

“Ikki davlatning tegishli vazirliklari ishtirokida ushbu masala muhokama qilindi. Qirg‘iziston Respublikasi nafaqat mamlakatda, balki butun mintaqada xavfsizlikni ta’minlash uchun janubda yana bir harbiy bazani joylashtirish kerak, deb hisoblaydi. Biroq ikki tarafdan hal qiluvchi qaror hali qabul qilinmadi”, — deydi bosh vazir.

Isoqovning ma’lum qilishicha, uning rossiyalik hamkasbi Dmitriy Medvedyev bilan o‘zaro muloqotida mazkur masala muhokama qilinmagan.

Qirg‘izistondagi yagona Rossiya harbiy bazasi — Kant 1941-yilda tashkil etilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-10-2017, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют