» » O‘zbekiston muzeylarining aksariyati elektron psixometrga muhtoj ekani bildirildi

O‘zbekiston muzeylarining aksariyati elektron psixometrga muhtoj ekani bildirildi


Toshkentda “Muzeylar – boy tariximiz va betakror madaniyatimiz xazinasi” mavzusidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Madaniyat vazirligi xabariga ko‘ra, unda O‘zbekiston muzeylarining yutuq va kamchiliklari, muammolari muhokama qilindi.

Muzeylardagi dolzarb muammolar orasida katologizatsiya jaryonlarining murakkabligi, eksponatlarni ta’mirlash ishlari bo‘yicha mutaxassislar yetishmasligi kabi holatlar mavjud ekani ta’kidlandi.

Jumladan, Xorazm viloyati Ichan-qal’a muzeyida ta’mirlash ustaxonalarini ochish zarur, muzey binolarining aksariyati, ayniqsa, iqlim talab etuvchi eksponatlarni saqlash uchun talabga javob bermaydi.

Muzeylarda nafaqat xorij tajribasini o‘rganish, balki O‘zbekiston muzeylarida mahorat darslarini tashkil qilib, tajriba almashinuvni yo‘lga qo‘yish taklifi bir ovozdan ma’qullandi.

“Muzeydagi haroratni muvozanatda saqlovchi asbob – elektron psixometrni yetkazib berish, muzeylarga taaluqli yig‘ilishlarda hududiy hokimlik mas’ul xodimlarining ishtirokini ta’minlash takliflari berildi”, — deyiladi vazirlik axborotida.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (5-10-2017, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют