» » Britaniya hukumati Tereza Meyning yaqin orada iste’foga chiqishi haqidagi gap-so‘zlarni rad etdi

Britaniya hukumati Tereza Meyning yaqin orada iste’foga chiqishi haqidagi gap-so‘zlarni rad etdi


Britaniya hukumati devonxonasi boshlig‘i Demian Grin va bir necha vazirlar navbatdagi gap-so‘zlarga javoban bosh vazir Tereza Mey iste’foga chiqishni rejalashtirmayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Avvalroq, Konservativ partiyasi vakillaridan biri Mey atrofidagi vaziyat uni yaqin orada iste’foga chiqishga majbur etishini ta’kidlagan edi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu bir nechta sabablar bilan bog‘liq, xususan bosh vazir Konservativ partiya parlamentdagi ko‘pchilikni boy bergani va Brexit bo‘yicha muzokaralar jarayonidagi mavqeyi pasaygani shular jumlasidan.

Ko‘pchilikning fikricha, Meyning 4-oktabr, chorshanba kuni Konservativ partiya syezdidagi chiqishi so‘nggi nuqta bo‘lgan.

Nutq avvaliga qiziqchi Saymon Brodkin tomonidan Teraza Meyning qo‘liga ish o‘rnidan bo‘shayotganda to‘ldiriladigan P45 shaklini tutqazganidan so‘ng uzilib qoldi. So‘ng Meyning ovozi pasayib ketib, yo‘tal tutib qoldi. Bosh vazir mazkur holat tufayli nutqini zo‘rg‘a tugatdi.

“Bilaman, u hozir ham avvalgidek ishlashni davom ettirmoqda, buni o‘z burchi deb biladi va hukumatda muvaffaqiyatga erishishda davom etishni rejalashtirmoqda”, — deydi Britaniya hukumati boshlig‘i Grin.

Mavzuga doir: Tereza Mey nutq so‘zlayotgan paytda unga iste’fo haqidagi hujjatlarni tutqazishdi (video)

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-10-2017, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют