» » ADWEEK 2017 marketing va reklama haftaligiga bag‘ishlangan ilk rasmiy matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

ADWEEK 2017 marketing va reklama haftaligiga bag‘ishlangan ilk rasmiy matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi


Toshkentda OAV vakillari uchun ADWEEK 2017 marketing va reklama haftaligiga bag‘ishlangan ilk rasmiy matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda jurnalistlar va Haftalikning bo‘lajak hamkorlari bo‘lib o‘tishi kutilayotgan haftalikning qatnashchilari, tadbir doirasida o‘tkaziladigan tanlov shartalariga oid batafsil ma’lumotlar bilan tanishdi.

Marketing va reklama sohasining eng yirik va yorqin tadbiriga aylanib ulgurgan ADWEEK 2017 haftaligi 2018-yilning 26-fevralidan 2-martigacha Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Haftalik doirasida ko‘rgazma, anjuman va ADWEEK tanlov kabi tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

ADWEEK ko‘rgazmasini o‘tkazishdan asosiy maqsad bozor iqtisodiyoti va reklama industriyasining zamonaviy talablariga javob bera oladigan amaldagi brendlari, marketing loyihalari va reklama kampaniyalarini qo‘llab-quvvatlash va yangilarining yuzaga kelishiga ko‘maklashishdan iborat. Bozorda faoliyat yuritayotgan reklama agentliklari, dizayn-studiyalari, veb-studiyalar, poligrafiya tashkilotlari, media agentliklar, marketing agentliklari, video maxsulot ishlab chiqaruvchilari, suvenirlar va esdalik sovg‘alar ishlab chiqaruvchilari o‘zaro bellashish imkoniga ega bo‘ladi. Ko‘rgazma uch kun davomida (28-fevralidan 2-martigacha) Toshkentning International Hotel Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.

ADWEEK anjumani ham International Hotel Tashkent mehmonxonasida ikki kun davomida (28-fevraldan 1-martgacha) taqdimotlar, mahorat darslari, panelli muhokamalar ko‘rinishida bo‘lib o‘tadi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston reklama sohasida mavjud mummolar, ularning yechimi va sohani rivojlantirish istiqbollarini muhokama kilishdan iboratdir.

ADWEEK Tanlovi esa yangi sarmoyadorlar, hamkorlar va iste’molchilar diqqatini jalb etish hamda mahalliy mahsulotlar va brendlarni rivojlantirishda noan’anaviy marketing va reklama yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Tanlov 2017 yilning oktabridan boshlanadi va besh oy davom etadi.

ADWEEK 2017 marketing va reklama Haftaligi doirasidagi tanlov quyidagi toifalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

Tadbirkorlik subyektlari (ishlab chiqaruvchilar yoki mijozlar) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining talablaridan kelib chiqqan holda yaratilgan o‘z mahsulotlari namunalari bilan ishtirok etish uchun quyidagi amallarni bajarishlari lozim:

info@adweek.uz eletron pochtasiga ariza yuborish;

Haftalikning rasmiy saytida tegishli toyifa bo‘yicha ariza topshirib ro‘yxatdan o‘tish.

Tanlov g‘oliblariga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha “Eng yaxshi” unvoni taqdim etiladi va barcha taqdimotlarda, OAV xabarlarida ishlatish huquqi beriladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (6-10-2017, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 75) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют