» » UZINFOCOM rahbarlari IBM vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

UZINFOCOM rahbarlari IBM vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi


10-oktabr kuni Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator UZINFOCOM rahbarlarining MDH davlatlarida biznesni rivojlantirish bo‘yicha IBM mintaqaviy direktori bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda UZINFOCOM vakillari “Daryo”ga ma’lum qildi.

Uchrashuvda raqamli transformatsiyalar sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik, moliyaviy sektor, ta’lim, tibbiyot, telekommunikatsiya va boshqa sohalarda IBM uchun innovatsion yechimlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, sun’iy intellekt sohasida IBM (Watson) ning ishlanmasi taqdim etildi.

Uchrashuv yakunida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-10-2017, 14:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 115) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют