» » Tvorogli xamirdan olmali konvertchalar

Tvorogli xamirdan olmali konvertchalar


Ishtahani qo‘zg‘atadigan va murakkab ko‘rinishga ega bu pishiriqni tayyorlash aslida unchalik qiyin emas.

Tvorogni tuxum va shakar bilan aralashtiramiz, tuz, vanilin va o‘simlik yog‘i qo‘shamiz. Unga razrixlitel qo‘shib, aralashtiramiz va uni tvorogli massaga solib, qayishqoq xamir qoramiz. Uni sochiq bilan yopib, 15 daqiqaga qoldiramiz.

Paytdan foydalanib, uchta o‘rtacha kattalikda olma olamiz, tozalab, bo‘laklarga bo‘lamiz. 100 g shakarni 1 osh qoshiq dolchin (koritsa) bilan aralashtirib, olma bo‘laklarini shu aralashmaga botirib olamiz.

Xamirni ikki bo‘lakka bo‘lib, har birini dumaloqlaymiz va 5 mm qalinlikda yoyamiz. Hosil bo‘lgan doirani 8 ta bir xil sektorlarga bo‘lamiz. Har birining keng qismiga nachinkani qo‘yib, uni uchburchakning tor qismi bilan o‘raymiz.

Xamirning ikkinchi bo‘lagini ham shu tarzda tayyorlaymiz. Chiroyli chiqishi uchun, hosil bo‘lgan konvertchalarning yuziga tuxum sarig‘i va 1 choy qoshiq sut aralashmasi surib, ustidan mak yoki kunjut sepish mumkin.

180 darajagacha qizdirilgan duxovkada 20—25 daqiqa davomida pishiramiz.

Manba: “Xitrosti jizni”

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-10-2017, 13:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют