» » Kanada MAGATEga Eron ishi bo‘yicha 1,5 million dollar qo‘shimcha mablag‘ ajratadi

Kanada MAGATEga Eron ishi bo‘yicha 1,5 million dollar qo‘shimcha mablag‘ ajratadi


Kanada tashqi ishlar vaziri Xristya Frilandning ma’lum qilishicha, Kanada Atom energiyasi xalqaro agentligiga (MAGATE) Eron bilan tuzilgan bitimning amalga oshishini nazorat qilish uchun 1,5 million dollar ajratadi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kanadaning Qo‘shma harakatlar rejasiga kirganidan beri to‘lagan badalining umumiy miqdori hozirda 11,5 million dollarni tashkil etmoqda. Shuningdek, Xristya Frilandning ta’kidlashicha, atom borasidagi bitim xalqaro xavfsizlikka nisbatan haqiqiy tahdidning oldini olishga yordam bergan. Shu bilan birga, uning qayd etishicha, Eron raketa dasturining rivojlantirilishini Kanada hukumati qoralaydi.

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Eronga nisbatan yangi strategiyasini e’lon qilib, 2015-yilda imzolangan yadroviy bitimni keskin qoraladi. MAGATE bosh direktori Yukiya Amano esa tashkilotning “Eron o‘zining majburiyatlarini bajarayotganini tasdiqlovchi” hisobotini taqdim etdi.

Mavzuga doir: Donald Tramp Eronni 11-sentabr terakti tashkilotchilarini qo‘llab-quvvatlashda aybladi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-10-2017, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 54) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют