» » Yevropa Ittifoqi Eron bilan tuzilgan yadroviy bitim shartlarini bajarishda davom etadi

Yevropa Ittifoqi Eron bilan tuzilgan yadroviy bitim shartlarini bajarishda davom etadi


Yevropa Ittifoqining Eron yadroviy dasturi borasidagi pozitsiyasi o‘zgarmaydi. Ittifoq rasmiylarining fikricha, Eron bilan ikki yil avval imzolangan bitim jahonni yanada xavfsiz qiladi va, shu munosabat bilan, Yevroittifoq bitimni imzolagan barcha tomonlar o‘z majburiyatlarini bajarib, uning amalga oshishini ta’minlaydi, degan umidda. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat mahkamasi rahbari Federika Mogerinining aytishicha, Eron bitimi “bir tomonlama kelishuv emas va tomonlarning hech biri uni to‘xtata olmaydi”. Uning so‘zlariga ko‘ra, bitim ayni vaqtda amalga oshirilmoqda va undan voz kechish mumkin emas.

AQSh prezidenti Donald Tramp 13-oktabr, juma kuni Eronga nisbatan yangi strategiyasini ma’lum qildi. Amerika prezidenti 2015-yilda Eron yadroviy dasturi doirasida qabul qilingan Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasini keskin qoraladi.

Mavuzga doir: Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya Eron bilan yadroviy dasturdagi ishtirokini davom ettirmoqda

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (14-10-2017, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют