» » Yaponiyada karton qizga oshiq bo‘lgan pingvin vafot etdi

Yaponiyada karton qizga oshiq bo‘lgan pingvin vafot etdi


Yaponiya hayvonot bog‘ida Greyp laqabli pingvin vafot etdi. U “Dumli do‘stlar” animesidagi Xululu nomli qiz karton figurasiga bog‘lanib qolganligi tufayli mashhur bo‘lgan edi. Bu haqda hayvonot bog‘i xodimlari ma’lum qildi, deb yozadi DailyAfisha.

11-oktabr kuni Greypning jiddiy xastaligi haqida ma’lum bo‘ldi va u yopiq volyerga o‘tkazildi. Pingvin 20 yoshda edi.

May oyida Greypning modasi unga xiyonat qildi, shundan so‘ng u ko‘proq vaqtini Xululuning yonida o‘tkaza boshladi.

Sentabr oyida kuchli shamol tufayli Xululuni volyerdan olib ketishga to‘g‘ri keldi. O‘shanda sevgilisini qo‘msayotgan pingvinga butun internet hamdardlik bildirdi. Karton qiz Greypga bir sutkadan kam vaqtda qaytarildi.

Greypning o‘limini ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari qayg‘u bilan qabul qildi, biroq ehtimol u endi do‘stining yoniga borishiga umid bildirdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (15-10-2017, 17:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют