» » Eronni taslim qila olmagan Rossiya termasi noyabr oyida Argentina va Ispaniya bilan o‘ynaydi

Eronni taslim qila olmagan Rossiya termasi noyabr oyida Argentina va Ispaniya bilan o‘ynaydi


Rossiya Futbol Ittifoqi 2017-yilga mo‘ljallangan o‘rtoqlik o‘yinlari rejasini ikki kuchli termalarni mamlakatga taklif qilish bilan yakunlashni istadi. Noyabr oyida JCh—2018 ishtirokchilari bo‘lib ulgurgan Argentina va Ispaniya termalari Rossiyaga tashrif buyuradi.

Ispaniya termasi 11-noyabr kuni o‘z maydonida Kosta-Rikani qabul qiladi. Kosta-Rika termasi ham JCh—2018 da ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan termalardan biridir. 14-noyabr kuni esa ispanlar Sankt-Peterburg shahrida Rossiyani sinovdan o‘tkazadi.

Messi yetakchiligidagi Argentina termasi esa 11-noyabr kuni Rossiya mehmoni bo‘ladi. Mamlakat sporti vaziri Vitaliy Mutkoning so‘zlariga ko‘ra, Messining o‘zi ham uchrashuvda ishtirok etadi.

Mana shu ikki uchrashuv mundial mezbonlarining 2017-yilgi rejasini yakunlab beradi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-10-2017, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют