» » Nima uchun aslida salqin xonada uxlash kerak?

Nima uchun aslida salqin xonada uxlash kerak?


Olimlar salqin haroratdagi uyquning organizmga ijobiy ta’sirini va moddalar almashinuvini yaxshilashini aniqladilar.

Organizmda yog‘larning  ikki turi mavjud: oq va qoramtir. Oq — bu kaloriya zaxiralari. Qoramtir yog‘lar esa issiqlik generatsiyasini ta’minlaydi.

Qoramtir yog‘ to‘qimalari yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda rivojlangan bo‘ladi. U chaqaloqlarga issiqlikni saqlashda yordam beradi, lekin yoshimiz ulg‘ayishi bilan biz bu to‘qimalarning katta qismini yo‘qotamiz.

Qoramtir yog‘lar kaloriya zaxiralari saqlanadigan oq yog‘lardan farqli o‘laroq, kaloriyani sarflashga yordam beradi.

AQShdagi Salomatlik Milliy institutining tadqiqotchilari salqin xonada uxlash yordamida organizmdagi qoramtir yog‘ miqdorini oshirish mumkinligini aniqladilar.

Olimlar quyidagicha tajriba o‘tkazdilar: besh nafar sog‘lom qatnashchilar to‘rt oy davomida harorati nazorat qilinadigan sharoitda uxladilar. Ular iste’mol qilayotgan kaloriya miqdori ham hisobga olindi. Birinchi oy davomida uxlash vaqtida 24 °C mo‘tadil harorat saqlab turildi. Keyingi oyda uni 19 °C gacha pasaytirishdi, keyin yana mo‘tadil darajagacha ko‘tarishdi. Oxirgi oyda esa haroratni 27 °C gacha ko‘tarishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, salqin harorat organizmga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatar ekan. Bir oy davomida salqin xonada uxlashdan keyin organizmdagi qoramtir yog‘ zaxirasi deyarli ikki baravar ko‘paygan. Bu esa o‘z navbatida ularning insulinga bo‘lgan sezuvchanligini yaxshilagan. Bu xususiyat organizmning glyukozani qanchalik yaxshi singdirishini ko‘rsatadi.

Shuningdek, bu oyda qatnashchilar kun davomida ko‘proq kaloriya sarflaganlar. Lekin ular yana yuqori haroratda uxlay boshlashlari bilan, hamma o‘zgarishlar yo‘qolgan. Qoramtir yog‘ to‘qimalari tarkibi tajribadan oldingi holatiga qaytgan.

Bu juda ajoyib yangilik. Bundan kelib chiqadiki, modda almashishini qayta harakatga keltirish uchun salqin xonada uxlashning o‘zi kifoya qiladi.

Manba: “Layfxaker”

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-10-2017, 07:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют