» » JCh—2018. Italiya mundialga borishi uchun Shvetsiyani, Xorvatiya esa Gretsiyani yengishi kerak bo‘ladi

JCh—2018. Italiya mundialga borishi uchun Shvetsiyani, Xorvatiya esa Gretsiyani yengishi kerak bo‘ladi


JCh—2018 uchun saralash bosqichini o‘z guruhida 2-o‘rinda yakunlagan mamlakatlar pley-offdagi raqiblarini bilib oldi.

Qur’a tashlash marosimi FIFAning yangi reytingidan keyin — 17-oktabr kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Italiya JCh yo‘lida Shvetsiya qarshiligini sindirishi kerakligi ma’lum bo‘ldi. Xorvatlarga Gretsiya raqib bo‘ldi. Portugaliya bilan teng kurash olib borgan Shveysariya endilikda Shimoliy Irlandiya bilan o‘ynaydi. Daniya esa Irlandiyaga qarshi hisob-kitob qiladi.

Pley-offning ilk uchrashuvlari 9—11-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Javob uchrashuvlari esa 12—14-noyabr sanalariga tayin qilingan.

JCh—2018 da ishtirok etishi aniq bo‘lgan mamlakatlar:
Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Nigeriya, Kosta-Rika, Misr, Polsha, Islandiya, Serbiya, Portugaliya, Fransiya, Urugvay, Argentina, Kolumbiya, Panama.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (18-10-2017, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют