» » Odil Ahmedov Jahon Chempionatida o‘ynamaydi. “Shanxay SIPG” OChL finaliga chiqa olmadi

Odil Ahmedov Jahon Chempionatida o‘ynamaydi. “Shanxay SIPG” OChL finaliga chiqa olmadi


O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov Rossiya—2018 mundialidan tashqari, klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida o‘ynash imkoniyatidan ham mahrum bo‘ldi.

Sababi u to‘p suradigan Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi Osiyo Chempionlar Ligasining finalida to‘p surmaydigan bo‘ldi. Yarim finalda Yaponiyaning “Urava Red” klubi bilan to‘qnash kelgan shanxayliklar, javob o‘yinida minimal hisobda imkoniyatni boy berdi. Tomonlarning Xitoyda o‘tgan dastlabki uchrashuvida g‘olibni aniqlab bo‘lmagandi — 1:1.

Osiyo Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan jamoa shu yilning 6-dekabr kuni Amirliklarda start oladigan klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida ishtirok etadi. Mazkur musobaqada o‘zbekistonlik Sardor Rashidov BAA chempioni bo‘lgan “Al-Jazira” safida qatnashadi.

Qayd etish kerak, bir yilgina muqaddam Sardor Rashidov to‘p suradigan Qatarning “Al-Jaish” klubi Chempionlar Ligasining yarim finalida o‘z yurishiga yakun yasagandi. Endi esa Odil Ahmedovda bu takrorlandi.

Osiyo Chempionlar Ligasining finalida to‘p surish o‘zbekistonlik hech bir futbolchiga nasib qilmagan. Yarim finalda “Paxtakor” va “Bunyodkor” klublari ikki martadan ishtirok etgan.

“Urava Red”ga qadar Saudiyaning “Al-Hilol” klubi OChL finaliga yo‘l olgandi. Hal qiluvchi bellashuvlar reglamentga ko‘ra uy va safar tarzida tashkil etiladi. 18-noyabr kuni finalchilar Saudiyada, 25-noyabrda esa Yaponiyada to‘qnash keladi.

“Al-Hilol” ham, “Urava Red” ham Chempionlar Ligasiga asos solingan 2003-yildan buyon finalda 1 martadan to‘p surgan. 2007-yil Yaponiya klubi bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. 2014-yil “Al-Hilol” finalda imkoniyatni boy bergan.

Osiyo Chempionlar Ligasi
Yarim final
18-oktabr, chorshanba

Gol: Rafael Silva, 11 (1:0).
Dastlabki uchrashuv: 1:1

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-10-2017, 14:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют