» » Bangkok aeroportlari Tailand qiroli bilan vidolashuv kunlari 3 milliondan ortiq yo‘lovchini qabul qiladi

Bangkok aeroportlari Tailand qiroli bilan vidolashuv kunlari 3 milliondan ortiq yo‘lovchini qabul qiladi


Bangkok aeroportlari kelgusi haftada Tailand qiroli Pumipon Adulyadet (Rama IX) bilan vidolashuv marosimi tufayli yo‘lovchilarga to‘lib-toshishi kutilmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Tailand aeroportlari” boshqaruvchi kompaniyasiga ko‘ra, Bangkokning ikki havo qo‘nalg‘asi — “Suvannapxumi” va “Don Miang” 23—31-oktabr kunlari 14,8 ming ichki va xalqaro reysda 3 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. Bu odatdagidan ko‘ra anchayin ko‘p hisoblanadi.

Rama IX 2016-yil 13-oktabrda olamdan o‘tgandi. Mamlakatda bir yillik motam e’lon qilindi, jasad esa Katta qirollik saroyiga joylashtirildi. Jasadni kuydirish 26-oktabrga mo‘ljallangan va Bangkokdagi Sanam Luang maydonida bo‘lib o‘tadi. Buning uchun maydonda balandligi 50 metr bo‘lgan maxsus dafn taxtasupasi o‘rnatildi.

Marosimda bevosita 7,5 ming kishi ishtirok etishi, vidolashuv manzili atrofidagi hududlarni esa 250 minggacha bo‘lgan odam to‘ldirishi kutilmoqda. Tailanddagi dafn marosimlari 25-oktabrda boshlanib, 29-oktabrgacha davom etadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (20-10-2017, 13:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют