» » Kelajakdan kelgan mehmon: “arvoh mashina” bilan sodir bo‘lgan YTH tarmoqlarda bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi (video)

Kelajakdan kelgan mehmon: “arvoh mashina” bilan sodir bo‘lgan YTH tarmoqlarda bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi (video)


Singapurda videoregistrator tomonidan “arvoh mashina” bilan sodir bo‘lgan YTH tasvirga olindi. Sirli noxush hodisaning videosi Facebook ijtimoiy tarmog‘ining ROADS.sg sahifasiga joylashtirildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Videodan ko‘rish mumkinki, oq BMW chorrahada burilishni amalga oshirayotgan vaqtda qayerdandir kumushrang yengil mashina paydo bo‘lib qolib, YTH ijrochisiga aylangan.

Rolik ijtimoiy tarmoqda jo‘shqin bahs-munozaraga sabab bo‘ldi. Ko‘plab foydalanuvchilar optik tasavvur videoregistratorning noto‘g‘ri ishlashi natijasida kelib chiqqan, deb fikr bildirdi.

“Men hayratdaman. Rolikni bir necha bor qayta ko‘rdim, biroq mashina qayerdan kelib qolganini tushunmadim. Balki ayb kameradadir?” — deb yozadi Marcus Khaw ismli foydalanuvchi.

Yana bir foydalanuvchi esa: “Qiziq, men rostdan ham hech qanday mashinani ko‘rmadim. Juda g‘alati”, — deb izoh qoldirgan.

Ba’zilar esa kadrda yengil mashinani payqash mumkin ekanligini ta’kidlamoqda.

“Mashina yo‘q joydan paydo bo‘lib qolmadi. U shunchaki ko‘rish zonasidan tashqarida bo‘lgan. Agarda yaxshilab e’tibor berilsa, BMW o‘ngga burilishidan oldin uning tomini ko‘rish mumkin”, — deya tushuntiradi Joseph Lee.

Post muallifi “arvoh mashinani” “Kelajakka qaytib” filmidagi mashhur DeLorean’ga qiyoslaydi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-10-2017, 13:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют