» » Ulkan baliqning oshqozonida antiqa topilma aniqlandi (video)

Ulkan baliqning oshqozonida antiqa topilma aniqlandi (video)


Kosta-rikalik baliqchilar katta korifena balig‘ining oshqozonida o‘nlab mayda toshbaqalarni aniqladi. “RIA Novosti” holat aks etgan videoni taqdim etdi. Baliqning oshqozoni kesib ko‘rilganda uning ichidan 32 ta kichkina dengiz toshbaqasi chiqqan.

Ko‘rinishidan, baliq tutilishidan biroz oldin ovqatlangan bo‘lgan, biroq uning o‘ljalarini qutqarib qolishning iloji bo‘lmagan. Videoning oxirida baliqchi ishora bilan barcha toshbaqalar o‘lganini ko‘rsatgan.

Katta korifena yoki oltin makrelning uzunligi 1,5 metrgacha yetadi va u asosan baliq, qisqichbaqasimonlar va kalmarlar bilan oziqlanadi. Bu tur sayyoradagi eng tez suzadigan turlardan biri hisoblanadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-10-2017, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют