» » AQSh sudi Johnson & Johnson tufayli saratonga chalinganini da’vo qilgan ayolga 417 mln dollar to‘lash haqidagi qarorni bekor qildi

AQSh sudi Johnson & Johnson tufayli saratonga chalinganini da’vo qilgan ayolga 417 mln dollar to‘lash haqidagi qarorni bekor qildi


Los-Anjeles sudi Johnson & Johnson kompaniya mahsulotlari tufayli kasallikka chalinganini da’vo qilgan va saraton oqibatida vafot etgan ayolga 417 million dollar tovon puli to‘lash haqidagi qarorni bekor qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Kaliforniyalik Yeva Echeverria 1950-yildan 2016-yilgacha bolalar sepkisidan foydalanib kelgan, 2007-yilda esa unga tuxumdonlar saratoni tashxisi qo‘yilgandi. 63 yoshli ayol kompaniyaga qarshi da’vosida uning xastaligi “talkning xatarli va sifatsiz tabiati” natijasi ekanligi, Johnson & Johnson xaridorlarni bunday vositalardan foydalanishda kasallanish xavfidan ogohlantirmagani bildirilgandi.

Los-Anjeles sudi qarorida kompaniyaning jinoiy qilmishlari dalillari mavjud emasligi, tovon puli miqdori esa haddan ortiq ko‘pligi qayd etilgan.

Yeva Echeverrianing advokati Mark Robinson garchi mijozi olamdan o‘tgan bo‘lsa ham mazkur qaror ustidan shikoyat qilishi, “ xavfli mahsulotdan jabrlangan barcha ayollar nomidan kurashni davom ettirishi”ni ta’kidladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-10-2017, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 4) ( 0) ( 3) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют