» » Polshada sovet yodgorliklarni buzib tashlashga ruxsat beruvchi qonun kuchga kirdi

Polshada sovet yodgorliklarni buzib tashlashga ruxsat beruvchi qonun kuchga kirdi


Polshada 21-oktabr, shanba kuni sovet askarlari sharafiga o‘rnatilgan yodgorliklarni buzib tashlashga ruxsat beruvchi qonun kuchga kirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Polsha Senati binolar, obyektlar va ommaviy foydalanish joylari nomlarida kommunizm yoki boshqa totalitar tuzum targ‘ibotini man etish haqidagi qonunga tuzatishlar tashabbuskori bo‘ldi.

Yoz o‘rtalarida, jumladan, sovet yodgorliklari buzilishini ham ko‘zda tutuvchi hujjat parlamentning ikki palatasida qabul qilindi va prezident tomonidan imzolandi.

Mamlakat milliy xotira muzeyi hisob-kitoblariga ko‘ra, qonun Polshadagi 450 dan ortiq yodgorlikka daxldor bo‘lib, ulardan 230 tasi sovet armiyasi askarlari sharafiga o‘rnatilgan.

Qonun ta’sir doirasiga tushadigan barcha yodgorliklar keyingi 12 oy davomida olib tashlanishi kerak. Davlat tomonidan buning uchun 5 million zlotiy (1,4 million dollar) ajratiladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-10-2017, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют