» » “Paxtakor” kelgan o‘yinda “Navbahor” jarima to‘lagandi. Endi shunday o‘yindan keyin “Buxoro” 55 millionga tushdi

“Paxtakor” kelgan o‘yinda “Navbahor” jarima to‘lagandi. Endi shunday o‘yindan keyin “Buxoro” 55 millionga tushdi


Toshkentning “Paxtakor” klubiga qarshi Oliy Liganing 25-turida maydonga tushgan “Buxoro” futbol klubi 55 million so‘m jarimaga tortildi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

Bellashuvda mojaroli vaziyatlar yuzaga kelgani aytilgan. PFL bunda umumiy gaplar bilan cheklangan bo‘lib, konkret nimalar bo‘lganiga oydinlik kiritmagan. “Buxoro” futbol klubi tartib to‘liq ta’minlanmaganlikda, klub rasmiy xodimlarining belgilangan tartib-intizom va qoidalarga to‘liq rioya etmaganlikda, shuningdek, uchrashuv rasmiylarining xavfsizligini yetarli darajada ta’minlanmaganlikda ayblangan.

Oqibatda PFL alohida majlis chaqirgan, videoyozuvlarni o‘rganib chiqqan. Keyin esa uchrashuv nazoratchisi hamda PFL vakilining bildirgisini inobatga olib, O‘zbekiston yarim havaskor va yarim professional futbol klublari o‘rtasidagi musobaqa reglamenti, Tartib-intizom kodeksi 5-moddasiga asosan “Buxoro” klubini jarimaga tortishga qaror qilgan.

Endilikda “Buxoro” klubi reglament 5-moddasining bir nechta bo‘limiga ko‘ra ayblanuvchi maqomidadir. Jumladan, klub 1-bo‘lim, 5.4-bandga asosan 20 million so‘m, 5.6-bandga asosan 5 million so‘m, 5.9-bandga asosan 10 million so‘m, 5.10-bandga asosan yana 10 million so‘m, 2-bo‘lim, 5.36-bandga asosan qo‘shimcha 10 million so‘m, jami — 55 million so‘m to‘lashga majbur etiladi.

Shunga o‘xshash vaziyat yana takrorlanadigan bo‘lsa, “Buxoro” futbol klubi o‘z maydonidagi uchrashuvlarni muxlislarsiz yoki neytral stadionlarda o‘tkazishga majbur etilishi mumkin.

“Paxtakor” ikki tur avval Namanganda “Navbahor” mehmoni bo‘lganida, mezbonlar jarimaga tortilgandi. Keyin “Paxtakor”ning Toshkentdagi “Qo‘qon—1912”ga qarshi uchrashuvidan keyin 4 nafar hakam va bir nazoratchi mavsum yakuniga ko‘ra futboldan chetlatilgandi. Ma’lumot uchun, “Paxtakor” navbatdagi turni 26-oktabr kuni “Bunyodkor”ga qarshi o‘tkazadi.

Bungacha “Championat.asia” nashri jurnalisti Shahboz Beg‘amov “Buxoro” — “Paxtakor” o‘yinida ishtirok etib, stadion suxandoni toshkentliklardan Igor Sergeyev almashtirilayotganda futbolchini Igor Babayan deb qasddan tanishtirgani va uni yerga urgani, buxoroliklar darvozasiga hakam Sherzod Qosimov tomonidan penalti belgilangach esa klub kamerachisi va suxandoni PFL vakilini haqorat qilgani haqida yozgandi. “Sports.uz” esa bellashuv videosini saytiga joyladi.

 Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, xavfsizlik xizmati xodimlari o‘z vazifasini to‘liq bajarmagan va muxlislar kirish mumkin bo‘lmagan joylarda yuravergan. PFL konkret ma’lumotlarni e’lon qiladimi yoki yo‘q — aniq emas.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-10-2017, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 113) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют