» » Fotogalereya: Avvallari hayot “qaynagan” tashlandiq maskanlar

Fotogalereya: Avvallari hayot “qaynagan” tashlandiq maskanlar


AdMe turli sabablar va vaziyatlarga ko‘ra butunlay tark etilgan maskanlarning suratlarini to‘plab, taqdim etdi.

Arjentyera — konchilarning sobiq shaharchasi. Uning nomi “argento” — kumush so‘zidan kelib chiqqan. Bu yerdan kumush qazib olish ishlari qadimgi rimliklar va finikiyaliklar davrida boshlangan. Kumush rudasini qazib olishning gullagan davri XX asrning 40-yillariga to‘g‘ri keladi. Shundan so‘ng inqiroz kuzatilib, kon 1963-yilda butunlay yopilgan.

Afsonalarga ko‘ra, Kinta-da-Regaleyra saroy-kompleksida joylashgan ushbu to‘qqiz qavatli quduq do‘zaxning 9 ta aylanasiga ishora. Avvallari bu joyda masonlar diniy marosimlar o‘tkazganliklari haqida mish-mishlar yuradi.

Gryutviken — bu Buyuk Britaniyaning dengizorti hududlaridan birining ma’muriy markazi. 1904-yilda bu yerda Antarktikadagi birinchi kit ovlash bazasi ishga tushgan. Tashlandiq stansiyada birlamchi vazifasini saqlab qolgan yagona bino — cherkov mavjud. Bu yerda so‘nggi bor 2009-yilning 18-noyabrida nikoh o‘qilgan.

1944-yilning iyunida SS rotasi Oradur-syur-Glan qishlog‘ini vayron qilgan. Natijada qishloqning 642 nafar aholisi halok bo‘lgan. Urushdan so‘ng Fransiya prezidenti bu qishloqda qayta tiklash ishlarini o‘tkazish shart emasligini e’lon qilgan: uning qaroriga ko‘ra, qishloq natsistlarning shafqatsizligidan achchiq yodgorlik bo‘lib qolishi kerak edi.

Bir nechta gumbazlardan iborat bu uy 1980-yilda qurilgan. Ko‘p o‘tmay, uy ostidagi qumlar harakatga kela boshlagan. 2005-yilda uyning yangi egasi uni qayta ta’mirlashni rejalashtirgan, biroq hukumatning yangi qaroriga asosan bu ishni amalga oshira olmagan. Hozirda ushbu uyda hech kim yashamaydi.

Spinalonga — Kritning sharqiy qismida joylashgan orol. 1669-yilda Krit Usmoniylar saltanati tomonidan egallangan. Greklar turklarni bu yerdan quvib chiqarish uchun barcha moxovlarni to‘plab, orolga yo‘llagan. Kasallanishdan qo‘rqqan turklar orolni tark etgan.

Ag‘dam 1993-yili, Qorabog‘ urushi vaqtida artilleriya tomonidan o‘qqa tutilgan. Human Rights Watch xalqaro huquqni himoya qilish tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, Ag‘dam egallangach, Tog‘li Qorabog‘ hukumati bu yerda maqsadli talon-taroj uyushtirgan va shaharni yoqib yuborgan.

Xasima — Sharqiy Xitoy dengizidagi orol bo‘lib, bu yerda 600 metr chuqurlikdan ko‘mir qazib olingan. XX asrning 40-yillarida Mitsubishi Corporation bu yerga xitoyliklar va koreyaliklarni olib kelib, majburlab ishlatgan. Orol uzoq yillar davomida Yer yuzidagi aholi eng zich istiqomat qiladigan joy hisoblangan — 1 kvadrat metrga 5 259 kishi to‘g‘ri kelgan. 1974-yili shaxta yopilishi bilan orolni hamma tark etgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-10-2017, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют