» » Gonolulu rasmiylari telefondan foydalangan piyodalarni jarimaga tortadi

Gonolulu rasmiylari telefondan foydalangan piyodalarni jarimaga tortadi


Gavayi shtati markazi Gonolulu rasmiylari ko‘chani kesib o‘tishda smartfondan foydalangan piyodalarga nisbatan jazo joriy qildi. Bu haqda New York Times xabar bermoqda, deb yozadi “Motor”.

Qoidani birinchi marta buzish uchun 15 dollardan 35 dollargacha, ikkinchi marta uchun — 36 dan 75 dollargacha, uchinchi marta uchun — 75 dan 99 dollargacha jarima belgilandi.

Yangi qonun 24-oktabrda kuchga kirdi. Gonolulu piyodalarga nisbatan bu kabi jazo joriy etilgan birinchi shaharga aylandi.

Yangi jarimaning joriy etilishiga 2016-yilda piyodalar o‘limi bilan bog‘liq hodisalarning 10 foizga o‘sishi sabab bo‘ldi. New York Times’ning ma’lum qilishicha, bu 1990-yildan buyon eng yuqori ko‘rsatkich. Shuningdek, ta’kidlanishicha, smartfondan foydalanuvchi piyodalar qoidalarni to‘rt marta ko‘proq buzadi hamda yo‘lni kesib o‘tish uchun 18 foiz ko‘proq vaqt sarflaydi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (25-10-2017, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют