» » Tesla Purto-Rikodagi bolalar shifoxonasiga quyosh batareyalarini bepul o‘rnatib berdi

Tesla Purto-Rikodagi bolalar shifoxonasiga quyosh batareyalarini bepul o‘rnatib berdi


Ilon Maskning Tesla kompaniyasi o‘z hisobidan Puerto-Rikodagi Hospital del Nino bolalar shifoxonasini quyosh batareyalari va Powerwall akkumulyatorlaridan iborat tizim bilan jihozladi. Tesla bu tizimni birinchi marta yetti ish kunida o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozmoqda TJournal.

Hospital del Nino shifoxonasining binosi bundan keyin dizel generatorlari hisobiga ishlamaydi: Tesla’ning quyosh batareyalari va akkumulyatorlari 500 kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Sentabr oyining oxirida Puerto-Riko oroliga yopirilgan “Mariya” to‘foni oroldagi ko‘plab elektr uzatish tarmoqlarini vayron qilgan. Qariyb uch million kishi elektr energiyasisiz qoldi. Ularni tiklash uchun esa ko‘plab oylar talab qilinadi. Shu vaqt ichida orol aholisi dizel generatorlariga o‘tdi, biroq ular barqaror emas va tez-tez o‘chib qoladi. Bundan tashqari, shu paytgacha 2,5 million kishi elektr tokisiz yashamoqda.

5-oktabrda Ilon Maskning Twitter’dagi obunachilaridan biri undan Tesla Puerto-Rikodagi buzilgan enerotizimni mustaqil quyosh batareyalari va akkumulyatorlar bilan qayta qura oladimi, deb so‘ragan. Tadbirkor bunday loyihalar kichik orollar uchun allaqachon amalga oshirilganini aytgan va qamrovlilikda chegara yo‘qligini ta’kidlab, kompaniya Puerto-Riko uchun ham bu ishni qilishga tayyorligini bildirgan.

Keyingi kuni esa hudud gubernatori Rikardo Rosello Maskka murojaat qilgan. U mazkur imkoniyatni muhokama qilishni taklif qilgan va Tesla butun dunyoga o‘zining qamrovi va qudratini ko‘rsatishni xohlaydimi yoki yo‘qligini so‘ragan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-10-2017, 07:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют