» » Turkiyada Tashqi ishlar vazirligining sobiq xodimlari ommaviy ravishda hibsga olinmoqda

Turkiyada Tashqi ishlar vazirligining sobiq xodimlari ommaviy ravishda hibsga olinmoqda


Turkiya politsiyasining aksilterror bo‘linmasi 2016-yilda sodir bo‘lgan to‘ntarishga urinishga aloqadorlikda gumonlab, mamlakat Tashqi ishlar vazirligining 120 dan ortiq sobiq xodimlarini qo‘lga olishni boshladi. Operatsiya 26-oktabr kuni bir vaqtning o‘zida mamlakatning 30 ta viloyatida boshlandi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Xabar berishlaricha, qo‘lga olingalarning bari AQShda yashayotgan muxolifatchi Fathulloh Gulenga aloqasi borlikda gumon qilinib, ishdan bo‘shatilgan edi.

Ularning aksariyati xabarlarni shifrlash imkonini beruvchi ByLock messenjeridan foydalangan. Turkiya hukumati Gulenning tarafdorlari o‘zaro muloqotda aynan shu dasturdan foydalanishlariga ishonchi komil.

Eslatib o‘tamiz, davlat to‘ntarishiga urinish harakatlaridan so‘ng, Turkiya hukumati Gulenga aloqadorlikda gumonlab 50 mingdan ortiq shaxsni hibsga olgan va 110 mingdan ortiq fuqaroni davlat xizmatidan bo‘shatib yuborgan edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (26-10-2017, 18:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют