» » Chempionlar Ligasi yarim finalchisi “Monako” 4-o‘yinida ham ochko yo‘qotdi. “Beshiktosh” yakkapeshqadam

Chempionlar Ligasi yarim finalchisi “Monako” 4-o‘yinida ham ochko yo‘qotdi. “Beshiktosh” yakkapeshqadam


Chempionlar Ligasining “G” guruhida Turkiyaning “Beshiktosh” klubi peshqadamligini davom ettirdi.

Ortda qolgan 3 ta turning barchasida zafar quchgan Turkiya chempioni, 4-turga kelib 2 ochko yo‘qotdi. Musobaqaning amaldagi yarim finalchisi hisoblangan “Monako” Istanbuldan 1 ochko bilan qaytdi. Monakodagi birinchi o‘yinda turk klubi 2:1 hisobida muvaffaqiyat qozongandi.

Garchi guruhda so‘nggi o‘rinda borayotgan bo‘lsa-da, monakoliklar pley-off yo‘llanmasidan umidini uzib ulgurmagan. Germaniya vitse-chempioniga qarshi ilk uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan “Portu”, takroriy o‘yinda zafar quchib, ikkinchi bo‘lib olgan. Navbatdagi turda portugaliyaliklar Turkiyaga keladi, “Leyptsig” esa Monakoda mehmon bo‘ladi.

Yevropa Chempionlar Ligasi

“G” guruhi. 4-tur o‘yinlari

1-noyabr, chorshanba

Gollar: Roni Lopesh, 46+ (0:1). Jenk Tosun, 54-pen (1:1).

Gollar: Ektor Errera, 13 (1:0). Timo Verner, 48 (1:1). Danilu Pereyra, 61 (2:1). Maksi Pereyra, 93+ (3:1).

Опубликовано: admin (2-11-2017, 11:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют