» » Tailandda Rama IX ning dafn majmuasi tashrifchilar uchun bir oyga ochildi

Tailandda Rama IX ning dafn majmuasi tashrifchilar uchun bir oyga ochildi


Tailand qiroli Pumipon Adulyadetning dafn majmuasi 2-noyabr, payshanba kuni odamlar erkin tashrif buyurishi uchun ochib qo‘yilgach, ertalabdan u yerga minglab odamlar oqib keldi, deb yozadi “TASS”.

Bir necha kun avval qirolni kuydirish marosimi bo‘lib o‘tgan Bangkokdagi Sanam Luang maydoni sanoqli daqiqalardayoq odamlar bilan liq to‘ldi.

Qirollik saroyi idorasi ma’lum qilishicha, majmua faqat 2—30-noyabr kunlari mobaynida jamoatchilik uchun ochiq bo‘ladi. Chet ellik sayyohlar ham ushbu obyektga tashrif buyurishi mumkin. Tailand mudofaa vazirligi binosi tomonda ular uchun alohida kirish darvozasi bor.

Belgilangan qoidalarga ko‘ra, majmua hududiga bir vaqtning o‘zida faqat 5,5 ming kishigina kirishi mumkin. Tashkilotchilar Rama IX bilan vidolashuv joyiga har kuni 100 ming nafargacha tashrifchi kirishi kutilayotganini aytdi.

Опубликовано: admin (2-11-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют