» » Rossiyada sobiq bankir qamoqda turib moliyaviy piramida tuzgan va 6 mlrd rubl o‘g‘irlagan

Rossiyada sobiq bankir qamoqda turib moliyaviy piramida tuzgan va 6 mlrd rubl o‘g‘irlagan


Rossiyada firibgarlik uchun qamoq muddatini o‘tayotgan va ikkinchi ish bo‘yicha hukmni kutayotgan sobiq bankir Maksim Serkin koloniyada turib moliyaviy piramida tashkil qilgan, u esa omonatchilardan 6 milliard rubldan ortiq pul o‘g‘irlagan, deb yozadi “Kommersant”.

Mahkum 17 ta hududda faoliyat olib borgan kredit-iste’molchilik kooperativlarini singlisi Yekaterina Drujinina orqali boshqargan, o‘z farmoyishlarini messenjerlar orqali yuborgan. Ayol ayni paytda hibsga olingan. Bu ish bo‘yicha jami sakkiz kishi qo‘lga olingan. 30—31-oktabr kunlari IIV xodimlari turli hududlardagi 180 ta manzil bo‘yicha tintuvlar o‘tkazdi.

22 ta kooperativdan iborat moliyaviy piramida 2013-yildan boshlab yuqori dividendlarni va’da qilgan holda, ko‘p xonadonli uylar va biznes-markazlar qurish uchun omonatchilarning pullarini jalb qilgan. To‘lovlar yangi mijozlar hisobidan amalga oshirilgan. Yozda piramida qulagan va omonatchilar huquq-tartibot organlariga murojaat qilishni boshlagan.

Serkin ilgari “Vostokkreditbank” direktorlar kengashi raisi bo‘lgan, u 2011-yilda bankrotlikka uchragan. Shundan so‘ng u “Grant” qurilish xoldingini boshqargan.

Опубликовано: admin (2-11-2017, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют