» » Medicine Connected klinikasi xorijlik mutaxassisi bilan befarzandlikka yangicha yechim taklif etadi

Medicine Connected klinikasi xorijlik mutaxassisi bilan befarzandlikka yangicha yechim taklif etadi


Kelajakda yurtimiz tibbiyoti ravnaqiga katta hissa qo‘shib, ming-minglab farzandsiz oilalarga farzand ko‘rish baxtini ulashish niyatida Toshkentda ochilgan yangi Medicine Connected klinikasi xorijlik mutaxassisi bilan befarzandlikka yangicha yechim taklif etadi.

Sir emaski dunyo bo‘yicha ko‘plab yosh oilalar bepushtlikdan aziyat chekadilar. Bu esa juda ko‘p oilalarning ajralib ketishiga sabab bo‘ladi. Zamon rivojlanishi nafaqat texnika va texnologiyalarda, balki tibbiyotda o‘z aksini ko‘rsatmoqda. Hozirgi zamonaviy tibbiyot usullari — farzand ko‘rishga qiynalayotgan, bepushtlikdan aziyat chekayotgan juftliklar uchun yangi umidbaxsh imkoniyatdir. Ayollar va erkaklar bepushtligini aynan shunday usullar bilan aniqlash va davolashga ixtisoslashgan Medicine Connected klinikasi mana 7 oydirki, faoliyat yuritib kelmoqda. Malakali mutaxassis va fidoyi shifokorlar jamoasini bir shior birlashtiradi: Farzandli bo‘lish baxti — klinikamiz mehnati!

Ochilganiga ko‘p vaqt bo‘lmaganiga qaramay, bugun Medicine Connected uzoq vaqt farzandli bo‘la olmagan o‘nlab juftliklarning xonadoniga “Ota-ona bo‘larkanmiz!” degan xushxabarni olib kira oldi.

Ilg‘or xorijiy tajriba

Toshkent markazidagi Qoratosh mavzesida joylashgan Medicine Connected shifo maskaniga tashrif buyurar ekansiz, kiraverishda jahonning yetakchi ta’lim muassasalari-yu, ilm dargohlari, tibbiyot markazlari tomonidan klinika xodimlariga taqdim etilgan sertifikat va shahodatnomalarga ko‘zingiz tushadi. Klinika asoschisi Oybek Rustamov Buyuk Britaniyada sog‘liqni saqlash sohasida uzoq vaqt faoliyat yuritgan va Manchester universitetida doktorlik ilmiy unvonini olgan. Royal College of Obstetricians and Gynocologists (Akusher va Ginekologlar Qirollik Kolledji) va Kembrij universiteti tomonidan reproduktiv tibbiyot va jarrohlik bo‘yicha oliy toifali mutaxassis darajasi berilgan.

Hozirda Avstraliyada shu mutaxassislik bo‘yicha ish yuritayotgan Oybek Rustamov doimo ilg‘or chet el tajriba va ko‘nikmalariga murojaat qilib, natijada Medicine Connected klinikasiga Amerikaning nufuzli New Hope tibbiyot markazida ishlagan tajribali mutaxassis Letitsiya Burgos ishga taklif qilingan.

Befarzandlikdan aziyat chekayotgan juftliklar alohida shifokorlar ko‘rigidan o‘tadi. Zamonaviy tibbiyot shuni ko‘rsatadiki, er-xotinni yagona, reproduktiv salomatlik bo‘yicha mutaxassis ko‘rikdan o‘tkazishi samarali va to‘g‘ri bo‘ladi. Klinikamizdagi shunday mutaxassis –shifokor Letitsiya Burgosdir. U vatani Meksikada avval ginekologiya va akusherlik bo‘yicha tahsil olgan, so‘ng inson reproduktiv biologiyasi bo‘yicha yuqori darajadagi ixtisoslikni qo‘lga kiritgan. AQSh, G‘arbiy Yevropa va Yaponiya mamlakatlari tajribalari bilan yaqindan tanish.

Reproduktiv tibbiyot sohasidagi eng ilg‘or chet el tajribasini yurtimizga kiritish maqsadida ASRM, ESHRE, NICE, RCOG kabi yetakchi tashkilotlarning yo‘riqnomalari rus va o‘zbek tillariga tarjima qilinib, mahalliy sharoitga moslashtirildi.

HyCoSy, gidrokontrast sonografiya usuli 

Bu usulni Medicine Connected’da inglizcha qisqartma bilan XAYKOZI (HyCoSy), deb atashadi.

U yuqori darajadagi informativ diagnostik usul bo‘lishi bilan bir qatorda, davolovchi ta’sirga ham ega. Buyuk Britaniyalik ekspertlar xulosasiga ko‘ra, u bachadon naylari o‘tkazuvchanligini yaxshilaydi.

Mazkur klinika taklif etayotgan gidrokontrast sonografiya usuli o‘zining qulayligi, yuksak informativligi, boshqa usullarga nisbatan ko‘proq bexatarligi hamda davolovchi effektga ega ekanligi bilan ajralib turadi.

Laboratoriya xizmatlari

Yana bir diqqatga sazovor xizmatlarimizdan biri, bemorlarimizga qulaylik yaratish maqsadida yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan laboratoriya tashkil etilgan.

Bepushtlikni chet elda davolash

Medicine Connected Buyuk Britaniya, Kipr, Chexiya, Malayziya, Turkiya, Rossiya va Qozog‘istondagi tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, ushbu davlatlardagi yetakchi klinikalarda murakkab tibbiy xizmatlaridan foydalanish uchun borishingizda tashkiliy masalalar bo‘yicha ko‘maklashadi.

O‘zbekiston bo‘ylab seminarlar

Zamonaviy tibbiyot nafaqat markazda balki yurtimizning chekka hududlariga kirib borishi bu bugungi kun davr talabidir. Shuni e’tiborga olgan holda bemorlarni konsultatsiya qilish va davolash ishlaridan tashqari, mahalliy shifokorlar bilan jahon tajribasini o‘rtoqlashish ishlariga ham keng e’tibor qaratildi. Urganch, Samarqand, Andijon, Farg‘ona va Termiz shaharlarida bir haftalik konsultatsiyalar uyushtirildi va konsultatsiya kunlari mobaynida mahalliy shifokorlar ishtirokida ilmiy-amaliy konferensiyalar ham o‘tkazildi. Mazkur konferensiyalar yurtimiz shifokorlari tomonidan juda iliq kutib olindi va qizg‘in savol-javob va munozara tarzida o‘tkazildi.

Vebinarlar yaratish

Bemorlarga xizmat ko‘rsatishdan tashqari, klinikaning ustuvor vazifalaridan biri mahalliy shifokorlar va boshqa tibbiyot xodimlarini reproduktiv tibbiyot sohasidagi eng so‘nggi yangiliklar va foydali ma’lumotlar bilan tanishitirish hamdir. Shu maqsadda yuqorida nomlari sanab o‘tilgan tashkilotlarning yo‘riqnoma va protokollariga asoslangan vebinarlar (video lavhalar) yaratilib, YouTube kanaliga joylashtirildi. Tibbiyot xodimlari uchun mo‘ljallangan vebinarlardan tashqari, bemorlar uchun, ularning mazkur sohadagi bilim va tushunchalarini oshirish uchun yaratilgan videolavhalar ham alohida ahamiyatga ega. Mazkur vebinarlar ingliz tilidan o‘girilib, rus va o‘zbek tillarida yaratilgan bo‘lib, nafaqat hamyurtlarimiz, balki butun MDH mamlakatlari auditoriyasi uchun xizmat qiladi.

Ushbu vebinarlarni quyidagi YouTube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin:

www.youtube.com/channel/UCZyix_KVY0fTUhU195lh2QQ

https://www.youtube.com/channel/UCZklJCoA5hHconvzRyVNmkA

https://www.youtube.com/channel/UCvpuYik9f93MXjw6XEX9rHg

https://www.youtube.com/channel/UC1_3wpkFe6V5i5Xcnh3AuQg

Manzil:

100027, O‘zbekiston, Toshkent

Besh-Yog‘och ko‘chasi, 42A.

Metro: “Bunyodkor” bekati.

Mo‘ljal: Media Park Qoratosh.

Telefon: +998 (71) 245-36-66

+998 (71) 245-24-44

+998 (90) 990-39-97.

Sayt: www.fertility.uz

E-mail: info@fertility.uz

Telegram: https://t.me/FertilityConnecteduz

Facebook: www.facebook.com/www.fertility.uz

Odnoklassniki: www.ok.ru/profile/576181855202

Reklama huquqi asosida!

Опубликовано: admin (7-11-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 134) ( 0) ( 132) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют