» » Qashqadaryodagi korxonaga xorijdan keltirilgan yuqori elektr energiyasini sarflaydigan cho‘g‘lanma lampalar yo‘q qilindi

Qashqadaryodagi korxonaga xorijdan keltirilgan yuqori elektr energiyasini sarflaydigan cho‘g‘lanma lampalar yo‘q qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-apreldagi “Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan chetdan olib kirilayotgan va sotilayotgan maishiy elektr priborlarining, shuningdek, yangidan qurilayotgan binolar va inshootlarning energiya samaradorligini ta’minlash maqsadida 2016-yil 1-yanvardan e’tiboran amalda qo‘llaniladigan bir qancha talablar belgilangan, deb xabar beradi Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati.

Bu haqda targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi subyektlar tomonidan qaror talablariga zid maishiy elektr priborlarining importi kuzatilmoqda.

Misol uchun, “Ko‘kdumaloq-gaz” MChJ shaklidagi qo‘shma korxona mas’ullarining e’tiborsizliklari sabab, korxona ehtiyoji uchun chetdan besh partiyadagi qiymati 631 AQSh dollarilik vazni 15,5 kilogramm bo‘lgan 103 dona turli xildagi energiya samaradorligi past (yuqori elektr energiyasini sarflaydigan) cho‘g‘lanma lampalar import asosida olib kelingan.

Mazkur lampalar yuqorida qayd etilgan qaror talablariga zid bo‘lganligi sababli belgilangan tartibda yo‘q qilinishi ta’minlandi.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют