» » Pul tejashni xohlovchilar uchun 3 ta oddiy mashq

Pul tejashni xohlovchilar uchun 3 ta oddiy mashq


Bunday mashqlar budjetingizdagi pullar qayerga ketayotganini anglashga va ortiqcha xarajatlardan voz kechishga yordam beradi.

Haftaning siz pul sarflamaydigan bir yoki bir necha kunlarini tanlang. Yo‘l kirasi va tushlik uchun qilingan xarajatlar bundan mustasno. Bu sizni ishga borish va qaytish vaqtida yo‘lda o‘z-o‘zidan qilinadigan xaridlardan saqlaydi.

Siz qanchalik ko‘p ortiqcha narsalarni sotib olayotganingizni tushuna boshlaysiz.

Uyda ovqat tayyorlash uchun faqat sovutgichdagi oziq-ovqatlardan foydalaning. Bunday kunlarda pitssa va sushi haqida unuting.

Siz xaridlaringizni rejalashtira boshlaysiz, chunki kechki ovqatni o‘zingizda bor oziq-ovqatlardan tayyorlaysiz. Balki bir hafta uchun oldindan taomnoma tayyorlab qo‘yishga o‘rganarsiz, chunki bu ham pulni tejashning yaxshi usuli.

Xarajatsiz kunlar ancha mablag‘ni tejab qolishga imkon beradi.

Plastik kartani uyda qoldirishga va o‘zingiz bilan naqd pul olishga harakat qiling. Faqat qat’iy belgilangan miqdorda: masalan, 25000 yoki 50000 so‘m. Bu ortiqcha sarf-xarajatlarni yo‘qotishga va pullar aynan qayerga ketayotganini aniqlashga imkon beradi.

Bu savolga javob topish budjetni shakllantirish uchun juda muhim. Ko‘pchilik uchun tanish bo‘lgan holat: bir hafta oldin ish haqi olingan bo‘lsa ham, hamyondagi pul zaxirasi deyarli qolmagan. Biron-bir katta narsa sotib olmagan bo‘lsangiz ham, lekin hamma katta narsalar mayda-chuydalardan tashkil topgan bo‘ladi.

Agar siz budjetingizning katta qismini o‘pirib ketayotgan xarajatlar manbasini aniqlagan bo‘lsangiz, bu xarajatlardan bir oy voz keching. Balki bu internet, yoki buyurtma orqali uyga ovqat sotib olish, yoki taksida yurish xarajatlari bo‘lishi mumkin.

Bir oy bularsiz ham bemalol yashash mumkin. Ovqatni uyda tayyorlang, smartfoningizdagi taksi chaqirish dasturlarini o‘chirib tashlang. Natija juda ajoyib bo‘ladi: siz bunday mayda-chuydalardan ancha mablag‘ni tejashga muvaffaq bo‘lasiz.

Manba: Trendymen

Опубликовано: admin (8-11-2017, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют