» » BMT Yaman qamali davom etgan taqdirda “millionlab qurbonlar”ga olib kelishi haqida ogohlantirdi

BMT Yaman qamali davom etgan taqdirda “millionlab qurbonlar”ga olib kelishi haqida ogohlantirdi


Yamanning Saudiya Arabistoni rahbarligidagi arab koalitsiyasi tomonidan qamal qilinishi so‘nggi o‘n yillikdagi eng ommaviy ocharchilikka olib keladi va millionlab qurbonlarni keltirib chiqaradi. Bu haqda BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mark Loukok BMT Xavfsizlik kengashining yopiq majlisidan keyin aytib o‘tdi, deb yozadi “RBK”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, BMT bosh kotibi Antonio Guterrish Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr bilan birgalikda Yaman aholisi uchun gumanitar yuklarni yetkazib berish zudlik bilan qayta tiklanishiga chaqirdi.

“Xavfsizlik kengashi a’zolari Yamanning barcha portlari va aeroportlari gumanitar yordam va boshqa yetkazmalar uchun ochiq bo‘lishini saqlab qolish ahamiyatini qayd etdi”, — dedi Italiyaning BMTdagi elchisi Sebastyano Kardi.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют